Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
217
285-bob Va’z va ilmda iqtisod qilishning mahbubligi haqida
Bilingki, jamoatga va’z qilayotgan yoki ularga ilm berayotgan kishi ana shu narsalarni
malol keltiradigan darajada uzun qilmasdan, uning halovati hamda ulug‘ligi qalblardan
ketib qolib malol ko‘rilmasligi uchun hamda ilm va yaxshi narsalarni tinglashni karih
ko‘rib xatarga yo‘liqmasliklari uchun iqtisod qilmokdari mahbub amaldir.
815/1. Shaqiq ibn Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibn Mas’ud (r.a.) har payshanba
kuni va’z qilib berardilar. Shunda bir kishi: «Ey Abu Abdurahmon (ibn Mas’ud), bizga har
kuni va’z qilib berishingizni istardim», dedi. Ibn Mas’ud: «Sizlarga malol kelishini karih
ko‘rmog‘im meni har kuni va’z qilishdan qaytaradi. Va Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bizga malol kelishidan ko‘rqib va’z havola qilganlaridek, men ham sizlarga
shunday va’z taqdim etaman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
816/2. Ammor ibn Yosirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kishining namozini uzun qilib, xutbasini qisqa qilishi faqihligiga dalolat qiluvchi
alomatdir. Bas, shunday ekan, namozlaringizni uzun qilib, xutbalarni qisqa qilinglar»,
deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Ibn Shihob Zuhriy: «Agar majlis uzayib ketsa, unda shaytonning nasibasi bordir»,
dedilar.
Dostları ilə paylaş: