Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob Allohning hukmiga chaqirilgan kishi aytadigan zikrlar



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

288-bob Allohning hukmiga chaqirilgan kishi aytadigan zikrlar
Bir kishi boshqa bir kishiga: «Men bilan sening o‘rtangda Allohning kitobi yoki Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari yo musulmon ulamolarning so‘zi bor, yoki men 
bilan birga musulmonlar hokimi huzuriga bor yo o‘rtamizdagi xusumatni ajratish uchun 
mufti huzuriga bor» yoxud shunga o‘xshash so‘zlarni aytsa, «Sami’na va ato’na» yoki 
«Sam’an va to’atan», («Eshitib itoat qildik») yoki «Ha», deb lutf qilgan holda shu kabi 
javob qaytarmog‘i lozim bo‘ladi. 
Alloh taolo Nur surasining 51-oyatida bu haqda: 
«Alloh va Uning payg‘ambariga 
o‘rtalarida hukm chiqarish uchun chorlangan vaqtlarida mo‘minlarning so‘zi 
«Eshitdik va bo‘yinsundik» (demoqdir). Ana o‘shalargina najot 
topguvchilardir»
, degan. 
Xusumatlashgan yoki biror ishda nizolashgan kishiga «Allohga taqvo qil» yoki «Allohdan 
xavf qil» yoki «Allohdan ko‘rq» yoki «Albatta Alloh seni ko‘rib turuvchi ekanini bil» yoki 
«Sen aytgan narsani hisoblovchi borligini bil», deb aytish, yoki Alloh taolo Oli Imron 
surasining 30-oyatida 
«Har bir jon o‘zi qilgan yaxshi amallarni hoziru nozir holda 
ko‘radigan (kunni eslanglar)
», yana Baqara surasining 281-oyatida pb[«Va 
(barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqinglar!»[/b] deb aytgan so‘zini va shu 
kabi so‘zlarni aytmog‘i lozim bo‘ladi. U esa odob bilan «Eshitaman va bo‘yinsunaman» 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
219
yoki «Allohdan tavfiq so‘rayman» yoki «Karim sifatli Allohning lutfini so‘rayman», deb 
aytishi kerak. So‘ngra ana shuni aytganga shirinsuxan bo‘lmog‘i va so‘zlashda ko‘pollik 
qilishdan saqlanmog‘i kerak. Chunki ko‘pincha kishilar loyiq bo‘lmaydigan so‘zlarni 
gapirishadi. Ehtimol, kufr bo‘ladigan so‘zni aytib ko‘yar. Agar do‘sti: «Mana shu qilgan 
ishing Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislariga xilof», desa, agar-da hadis xos 
yoki ta’vil uchun tark qilingan bo‘lsa ham, hargiz «Hadisni lozim tutmayman» yoki 
«Unga amal qilmayman», deb yoki shunga o‘xshash jirkanch iboralarni aytmasin. Balki 
ana shu paytda «Bu hadis xos yoki ta’vil qilingan yo zohir ijmo’ ila tark qilingan», deb 
aytsin. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin