Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob Johillardan yuz o‘girish to‘g‘risida



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
289-bob Johillardan yuz o‘girish to‘g‘risida
 
Alloh taolo bu haqda quyidagi oyatlarni nozil qilgan:
 «(Ey Muhammad), marhamatli 
bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring!» 
(A’rof surasi, 199-
oyat); 
«Qachonki behuda (so‘z yo ishni) eshitsalar, undan yuz o‘girurlar va: 
«Bizlarning amallarimiz o‘zimiz uchun, sizlarning amallaringiz ham o‘zlaringiz 
uchundir. Omon bo‘linglar. Bizlar nodon kimsalar bilan (hamsuhbat) bo‘lishni 
istamaymiz», derlar» 
(Qasos surasi, 55-oyat);
 «Bas, (ey Muhammad), siz Bizning 
eslatmamizdan orqa o‘girib ketgan va faqat hayoti dunyonigina istagan 
kimsalardan yuz o‘giring» 
(Najm surasi, 29-oyat);
 «Bas, (ey Muhammad, siz johil 
kimsalarning yetkazayotgan ozor-aziyatlariga sabr-toqat qiling va ulardan) 
chiroyli yuz o‘girish ila yuz o‘giring!»
(Hijr surasi, 85-oyat). 
823/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Hunayn kuni Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam o‘lja taqsimotida arab ashroflaridan bo‘lgan kishilarni afzal ko‘ydilar. 
(Ya’ni, ularning Islomga kirishiga ragbat qilib, o‘ljadan ko‘proq berdilar.) Shunda bir 
kishi: «Allohga qasamki, bundagi taqsimda adolat qilinmadi. Va Allohning roziligi iroda 
etilmadi», deb aytdi. Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga buning 
xabarini berganimda, yuzlari o‘zgarib, qizarib ketganga o‘xshadi. So‘ngra u zot: «Agar 
Alloh va Uning rasuli adolat qilmasa, kim adolat qiladi? Alloh Muso alayhissalomni 
rahmat qilsin, u zotga bundan-da ko‘p aziyat berilganida ham, sabr qildilar», deb 
aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
824/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Uyayna ibn Hisn ibn Huzayfa kelib, akasining 
o‘gli Hirr ibn Qaysning uyiga tushdi. U Umarning (r.a.) yaqinlaridan va yoshlar orasidagi 
maslahatdosh hamda majlisdoshlaridan edi. Uyayna jiyaniga: «Ey akamning o‘gli, amir 
bilan tanishliging bor. Uning huzuriga kirishga men uchun izn olib ber», dedi. Jiyani izn 
so‘raganida Umar (r.a.) kirishga izn berdilar. Uyayna kirib, «Ey Ibn Xattob, Allohga 
qasamki, bizga mukofot bermaysan, adolat bilan hukm qilmaysan», dedi. Shunda Umar 
(r.a.) gazablanib, uni jazolamoqchi ham bo‘ldi. Hirr oraga tushib: «Ey mo‘minlar amiri, 
albatta Alloh taolo paygambariga «Marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va 
johillardan yuz o‘giring», degan, amakim o‘sha toifa johillardandir», deb aytganida
Allohga qasamki, Umarga (r.a.) mazkur oyat tilovat qilingan paytda gazabidan tushdi va 
Alloh taolo hukmiga itoat qilib jazolamadi. Imom Buxoriy rivoyatlari. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin