Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
220
Bunga yuqoridagi Ibn Abbosdan rivoyat qilingan Umar (r.a.) qissalari dalil bo‘ladi.
Bilingki, bu bob ahamiyat berilishi ta’kidlanganlaridandir.
Xoh kattaga, xoh kichikka
bo‘lsin,
kishining nasihat, va’z, amru ma’ruf, nahiy munkar qilishi vojib bo‘ladi. Faqat
ana shu ma’vizasi fasodga olib bormasligi kerak. Alloh taolo Nahl surasining 125-
oyatida:
«(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li - diniga donolik-hikmat
va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling! Ular (siz bilan talashib-
tortishadigan kimsalar) bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala - munozara qiling!»
deb aytgan.
Ammo ko‘pchilik martabasi ulug kishilarga qilinadigan ana shu va’zga e’tibor bermaydi.
Ularning o‘ylashlaricha, uluglarga nasihat qilish hayo emish.
Bu fikrlari ochiq xato va
qabih johillikdir. Bu hayo emas. Albatta bu yuzakilik, zaiflik va ojizlikdir.
Hayo esa
yaxshilikdir. Hayo faqat yaxshilikni olib keladi. Bu esa yomonlikni olib kelyapti. Hargiz
hayo emas. Rabboniy va muhaqqiq ulamolar huzuridagi hayo
qabohatni tark qilishga
undovchi xulq va haqdorning haqqidagi qo‘li kaltalikni man qiluvchi fazilatdir.
«Qushayriya» risolasida Junayddan (r.a.) qilingan rivoyat mana shu ma’noni kasb etadi.
Hayo - ko‘plik (boylik) va ozlik (kambag‘allikni) his qilishdir. Bas, uning o‘rtasida bir
holat yuzaga keladi. U «hayo» deb ismlanadi. Men bu haqda «Sahih Muslim»ga yozgan
sharhimning avvalida batafsil yoritganman.
291-bob Ahd va va’daga vafo qilishga buyurish haqida
Alloh taolo Nahl surasining 91-oyatida:
«Ahd-paymon bergan vaqtlaringizda
Allohga bergan ahdingizga vafo qilingiz», deya marhamat qilgan. Moida
Dostları ilə paylaş: