292-bob Moli yoki boshqa narsasini taqdim etganga duo qilishning mahbubligi to‘g‘risida 826/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sahobalar Madinaga kelishganida Abdurahmon
ibn Avf (r.a.) ansorlardan Sa’d ibn Robiy’ning uyiga tushdilar. Sa’d ibn Robiy’ (r.a.):
«Molimda seni sherik qilib, xotinlarimdan birini senga beraman», deganida, Abdurahmon
ibn Avf (r.a.):
«Barokallohu laka fiy ahlika va malika», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Alloh ahlingga-yu
molingga va o‘zingga baraka bersin».) Imom Buxoriy rivoyatlari.
293-bob Zimmiy musulmonga yaxshilik qilganida unga aytiladigan zikrlar Unga mag‘firat tilab duo qilish joiz emas. Lekin hidoyat, sog‘lik va ofiyat tilab duo qilsa
bo‘ladi.
827/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv talab
qilganlarida bir yahudiy suv ila siyladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
«Jammalakallohu», («Alloh seni chiroyli qilsin»), dedilar. Haligi yahudiyning sochi
o‘lgunicha oqarmadi. Ibn Sunniy rivoyatlari.
294-bob O'zi yo bolasida yoki molida yoxud boshqa narsalarida biror ajablanarli holatni ko‘rganida, unga ko‘z tegib zararlanishidan qo‘rqqanida aytiladigan zikrlar 828/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ko‘z tegishi haqiqatdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
829/2. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
uylarida xizmatkor qizni ko‘rdilar. Uning yuzida dog‘i bor edi. Shunda Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Unga dam solib ko‘yinglar, chunki ko‘z tegibdi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
830/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘z
tegishi haqiqatdir. Biror narsa qadardan oldin bo‘lsa, ko‘z tegishi undan ham oldin
bo‘ladi. Agar yuvinsalaringiz, ko‘z tekkan kishini u suv bilan yuvinglar», deb aytdilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Ulamolar: «Ko‘zi bilan urgan kishiga «Kiyim ostidagi badaningni yuvib, uning suvini ko‘z
tekkan kishiga quygin», deyiladi», deb aytishadi.