Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
222
Oishadan (r.a.) sobit bo‘lgan rivoyatda keltirilishicha, ko‘zi bilan urgan kishi tahorat qilib, 
so‘ngra ko‘z tekkan kishi o‘sha tahorat suvida yuvinishga buyurilgan. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
Bu hadis Imom Buxoriy va Muslim shartlariga binoan sahihdir. 
831/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
jindan va kishilarning ko‘zi tegishidan panoh tilab yurardilar. Qachonki, ikki «Qul a’uzu» 
suralari nozil bo‘lganida u zot ikkovini o‘qib, qolganini tark qildilar. Termiziy, Nasaiy va 
Ibn Mojalar rivoyati. 
832/5. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan 
va Husaynlarga panoh tilab, 
«U’iyzukuma bikalimatillahit tammati min kulli shaytonin va hammah va min kulli ‘aynin 
lammah», duosini o‘qib panoh tilar va: «Bu duo otangiz Ismoil va Ishoq 
alayhimassalomlarning panoh tilaydigan duolari edi», deb aytar edilar. (Ma’nosi: 
Allohning mukammal kalimalari bilan har bir shaytondan, zararli hasharotlardan va 
yomon ko‘zdan sizlarga panoh tilayman.) Imom Buxoriy rivoyatlari. 
833/6. Said ibn Hakimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
agar biror narsada ko‘z tegishidan ko‘rqsalar, 
«Allohumma borik fiyhi vala tazurrahu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, unda baraka 
berib, zarar bermagin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 
834/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki biror 
narsa ko‘rib ajablansa, «Ma shaallohu la quvvata illa billahi», desa unga zarar 
yetmaydi», dedilar. (Ma’nosi: «Alloh xohlagani bo‘ladi. Allohdan boshqa quvvat yo‘q».) 
Ibn Sunniy rivoyatlari. 
835/8. Sahl ibn Hunayfdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar sizlardan biringiz nafsida va molida biror narsa ko‘rib, uni ajablantirsa, baraka 
tilab duo qilsin, chunki ko‘z tegishi haqiqatdir», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
836/9. Omir ibn Robiy’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar sizlarning biringizni nafsi va molida biror narsa ajablantirsa, baraka tilab duo 
qilsin», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
Abu Muhammad qozi Husayn «At-Ta’liq fil mazhab» nomli kitoblarida zikr qilishlaricha, 
nabiylardan biri kunlarning birida o‘z qavmiga nazar soldi. Ularning ko‘pligi nabiyni 
ajablantirdi. Shunda ulardan yetmish mingtasi vafot etdi. Alloh taolo: «Sening ko‘zing 
tegdi. Agar ko‘z tegishidan ularni himoya qilganingda halok bo‘lishmas edi», deb vahiy 
qildi. Nabiy: «Qaysi narsa ila ularni ko‘z tegishidan himoya qilaman?» deganida, Alloh 
taolo 
«Hassantukum bilhayyil qoyyum allaziy la yamutu abadan, va dafa’tu ‘ankum suv'a bila 
havla vala quvvata illa billahil aliyyil aziym», deb aytishni vahiy qildi. (Ma’nosi: «Abadiy 
o‘lmaydigan Hayy va Qoyyum sifatli zot ila sizlarni himoya qilaman. Ulug‘ va oliy hamda 
kuch-quvvatda tenggi yo‘q zot Alloh bilan sizlardan yomonlikni daf qilaman».) 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
223
Qozi Husayn odatlariga ko‘ra agar do‘stlariga nazar solsalar, ularning qiyofasi va holati 
ajablantirsa, mana shu duo bilan ularni himoya qilardilar. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin