295-bob Mahbub va karih narsani ko‘rganda aytiladigan zikrlar 837/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar
mahbub narsani ko‘rsalar,
«Alhamdu lillahillaziy bini’matihi tatimmus solihot», («Ne’mati ila ezgulikni mukammal
qilgan Allohga hamd bo‘lsin»), deb aytardilar. Agar karohiyatli narsani ko‘rsalar,
«Alhamdu lillahi ‘ala kulli hol», («Har holatda Allohga hamd bo‘lsin»), deb aytardilar. Ibn
Moja va Ibn Sunniylar yaxshi isnod ila rivoyat qilishgan. Imom Hokim esa sahih isnod,
deganlar.
296-bob Osmonga nazar solganda o‘qiladigan duo Osmonga qaraganda Oli Imron surasining 191-oyatini boshidan oxirigacha o‘qish
mahbub amaldir. Buni Ibn Abbos (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat
qilganlar. Biz buni yuqorida o‘rgandik.
297-bob Biror narsadan shumlanganda aytiladigan zikrlar 838/1. Muoviya ibn Hakam as-Sulmiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, bizda
kishilar shumlanishadi», deganimda, u zot: «Bu ularning qalblarida bor narsadir, ularni
to‘sib bo‘lmaydi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari.
839/2. Urva ibn Omir al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamdan shumlanish haqida so‘ralganda, «Uning to‘g‘risi nekbinlikdir, musulmonni
shumlanish (orqaga) qaytara olmaydi. Agar shumlanishdan biror karih narsani
ko‘rsanglar,
«Allohumma la ya'tiy bilhasanoti illa anta vala yazhabu bissayyi'oti illa anta vala havla
vala quvvata illa billahi», deb aytinglar», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, yaxshiliklarni Sen
olib kelasan. Yomonliklarni ham Sen ketkazasan. Sendan boshqa biror o‘zgartiruvchi
ham, quvvat ham yo‘qdir».) Ibn Sunniy va boshqalar rivoyatlari.
298-bob Hammomga kirayotganda aytiladigan zikrlar Hammomga kirayotganda Allohning ismini aytib, undan jannatni so‘rab, do‘zaxdan
panoh tilashlik mustahabdir.
840/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh azza va jalladan jannatini so‘rab, do‘zaxidan panoh tilab kirilgan hammom
muncha ham yaxshi», dedilar. Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.