www.ziyouz.com kutubxonasi
224
299-bob Xizmatkor yoki ulov sotib olganda va qarzini uzayotganda aytiladigan zikrlar Ularning peshonasiga qo‘l qo‘yib,
«Allohumma inniy as'aluka xoyrohu va xoyro ma jubila alayhi va a’uzu bika min sharrihi
va sharri ma jubila alayhi», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, men Sendan uning
yaxshisini va unga xalq qilgan narsaning yaxshisini so‘rayman. Va uning yomonidan va
unga xalq qilingan narsaning yomonidan Sening noming ila panoh tilayman».)
Qarzini uzayotganda
«Barakallohu laka fiy ahlika va malika va jazoka xoyron», deb aytardilar. (Ma’nosi:
«Alloh ahlingda va molingda baraka berib, yaxshilikni mukofot qilib bersin».)
300-bob Otda o‘rnasha olmagan kishining duosi 841/1. Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga otda o‘rnasha olmasligimdan shikoyat qilganimda qo‘llari bilan ko‘kragimga
urib,
«Allohumma sabbithu vaj’alhu hadiyan mahdiyya», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohim, uni
(otda) mustahkam turuvchi sabotli va hidoyatli qilginki, o‘zgalarni ham hidoyatga
yetaklovchilardan bo‘lsin».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
301-bob Olimning kishilar tushunmaydigan narsani gapirmog‘idan yoki ma’nosini o‘zgartirib maqsadning xilofiga undab qo‘yishidan qo‘rqib, uni man qilish haqida Alloh taolo Ibrohim surasining 4-oyatida:
«Biz har bir payg‘ambarni (hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun o‘z qavmining tili bilan (so‘zlaydigan qilib) yuborganmiz» , deb aytgan.
842/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz (r.a.) jamoat bilan bo‘lgan namozni
uzaytirgan paytlarida unga: «Ey Muoz, sen fitnachimisan?» dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
843/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Odamlarga biladigan narsalari ila
gapiringlar. Sizlar ularning Alloh va rasulini yolg‘onga tutishini yaxshi ko‘rasizlarmi?»
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.