www.ziyouz.com kutubxonasi
23
hamd aytish bilan Seni poklayman. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo’q.
Senga istig’for aytaman va Senga tavba qilaman.)
62/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim tahorat qilib bo’lib:
«Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan
‘abduhu va rosuluhu», desa, unga jannatning sakkizta eshigi ochilib, xohlaganidan
kiraveradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Termiziy «Allohummaj’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatohhiriyn» kalimasini
ziyoda qilganlar.
63/3. Ibn Umardan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahorat
qilganidan keyin, gapirishdan oldin:
«Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh», desa,
ikki tahorat orasidagi gunohlari kechiriladi», dedilar. Bu hadisni Dora Qutniy zaif isnod
bilan rivoyat qilganlar.
64/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim
tahoratini chiroyli qilib, so’ng uch marta:
«Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan
‘abduhu va rosuluh», desa, u uchun jannatning sakkizta eshigi ochiladi va xohlagan
eshigidan kirib ketaveradi» dedilar. Bu hadisni Ahmad ibn Hanbal, Ibn Moja, Ibn Sunniy
zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
65/5. Usmon ibn Affon (r.a.) rivoyat qilgan hadisda:
«La ilaha illalloh» kalimasini uch marta takrorlash aytilgan. Ibn Sunniy zaif isnod bilan
rivoyat qilganlar.
Ba’zi faqihlar, ushbu zikr va duolarni tahoratdan ke-yin qiblaga yuzlangan holda aytiladi,
deyishadi.
Fasl: Tahorat mobaynida har bir a’zo yuvilayotganda o’qiladigan duolar bor, ammo
ularning birortasi ham Rasulullohdan vorid bo’lmagan. Lekin salaf ulamolarimiz bu
zikrlarni aytishni mustahab deyishgan.
Tahorat qilayotgan kishi bismillohdan keyin:
«Alhamdu lillahillaziy ja’alal ma-a tohuro» (Suvni pok qilgan Allohga hamd bo’lsin),
deydi.
Og’iz chayqayotganida:
«Allohummasqiniy min havzi nabiyyika sollallohu alayhi vasallama ka’san la azmau
ba’dahu abada» (Ey Rabbim, meni payg’ambarning havzidagi suv bilan sug’or, undan