Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
225
303-bob Ergashiladigan kishining aslida to‘g‘ri, lekin zohiridan xilofga
o‘xshagan ish qilsa, aytadigan narsalari haqida
Bilingki, olim, muallim, qozi, muftiy, shayx, murabbiy va ularga o‘xshash ergashiladigan
kishilarning zohiri to‘g‘rilikka xilof bo‘lgan turli amal, so‘z va tasarrufotlardan, agar ular
haqli bo‘lishsa ham, chetlanmog‘lari mahbubdir. Chunki ana shuni qilsalar, fitna-fasod
ishlar kelib chiqadi. Ergashiladigan kishi biror amal qilsa, u amali shariat yoki doimiy
amal qilinadigan bir ish bo‘lib qoladi. Endi mana shu kabi ishlarni qilgudek bo‘lsa kishilar
orasida uni noqislikda ayblab, tillarini tiya olmaydiganlari bordir. Va yana kishilar orasida
ular haqida yomon gumon qilib, boshqalarni ham ularning fatvosiga amal qilish botil
ekanini aytuvchi, shahodati va rivoyati yaroqsiz bo‘lib, ulardan ilm olishdan
nafratlantiruvchilar ham bordir. Bu ayblovlardan keyin kishilar ular aytayotgan ilmlarga
amal qilishdan o‘zini tortadi. Bu amallar fasod bo‘lib, bunaqa narsalarning hatto
bittasidan ham chetlanmoq lozim. Bordi-yu, mana shunaqa narsani bajarishga muhtoj
bo‘lib qolsa, uni zohir qilmaydi. Agar zohir qilsa yoki zohir qilishda yaxshilikni ko‘rib,
shariatning hukmi joiz ekanini bildirish bo‘lsa, quyidagi so‘zlarni aytmoq lozim bo‘ladi:
«Men amal qilayotgan narsa harom emas. Buni harom emasligini bildirish uchun qildim,
xolos. Bu qilganim unday yoki bunday dalilga asoslangandir», deb dalillarni zikr qiladi».
845/1. Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam minbar ustida turib yerdagi namoz o‘quvchilarga takbir aytganlarini ko‘rdim.
So‘ngra (sajdani yerda qilgandan keyin) yana minbarga qaytib, namozlarini tugatdilar.
Keyin kishilarga yuzlanib: «Ey insonlar, men buni sizlar men bilan namozni
tamomlashingiz hamda namozimdan ta’lim olishingiz uchun qildim xolos», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Buxoriydan qilingan rivoyatda keltirilishicha, Ali (r.a.) tik turib ichimlik ichdilar-da,
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni ko‘rib turganlaringizdek tik turib
ichayotganlarini ko‘rdim», dedilar.
Dostları ilə paylaş: