www.ziyouz.com kutubxonasi
227
850/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Maslahat beruvchi ishonchli shaxsdir», dedilar. Abu Dovud , Termiziy, Nasaiy va Ibn
Mojalar rivoyati.
306-bob Muloyim so‘zlashga undash haqida Alloh taolo Hijr surasining 88-oyatida:
«O’zingizga ergashgan mo‘min kishilar uchun qanotingizni past tuting» (ya’ni, ularga xushxulqlik bilan kamtarona muomalada
bo‘ling), deb aytgan.
851/1. Adiy ibn Hotamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Xurmoning yarmicha (sadaqa berib) bo‘lsa ham, do‘zaxdan saqlaninglar. Kimki uni topa
olmasa, muloyim kalima bilan bo‘lsa ham saqlansin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
852/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Har kuni kishi har bir a’zosi va bo‘g‘imiga sadaqa qilishi lozimdir. Ikki kishining orasini
isloh etish ham sadaqadir. Uloviga chiqayotganda yordamlashib qo‘yilsa yoki yukini
yuklashib berilsa, u ham sadaqadir. Muloyim so‘z ham sadaqadir. Namozga yurib
borilgan har bir qadam ham sadaqadir. Yo‘ldan aziyat beruvchi narsalarni olib tashlash
ham sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
853/3. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Yaxshiliklardan birortasini past sanamagin, agar birodaringga ochiq yuz bilan yo‘liqib
bo‘lsa ham, yaxshilik qilgin», dedilar (ya’ni, birodariga ochiq yuz bilan yo‘liqish ham
yaxshilikdir). Imom Muslim rivoyatlari.
307-bob Xitob qilinayotgan kishilarga so‘zni bayon qilib, sharhlab berishning mahbubligi haqida 854/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlari
batafsil bo‘lib, har bir eshitgan kishi fahmlar edi. Abu Dovud rivoyatlari.
855/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror kalima
so‘zlasalar, uch bor takrorlardilar. Hattoki, uni anglab olinar edi. Agar biror qavm
huzuriga kelsalar, ularga salom berardilar. Salomlari uch bor bo‘lar edi. Imom Buxoriy
rivoyatlari.