310-bob Xushxabar va tabriklashning mahbubligi haqida Bu haqda Alloh taolo Qur’oni karimda quyidagi oyatlarni aytgan:
«(Zakariyo) mehrobda namoz o‘qib turgan vaqtida unga farishtalar nido qildilar: «(Ey Zakariyo), Alloh senga Yahyo ismli farzand xushxabarini berur» (Oli Imron
surasi, 39-oyat);
«Qachonki bizning elchilarimiz (ya’ni, farishtalar) Ibrohimga (farzand ko‘rish haqidagi) xushxabarni keltirishgach...» (Ankabut surasi, 31-
oyat);
«Darhaqiqat, bizning elchilarimiz farishtalar Ibrohimga (Ishoq ismli farzand ko‘rish haqida) xushxabar bilan kelib...» (Hud surasi, 69-oyat);
«Bas, Biz unga bir halim o‘g‘ilning xushxabarini berdik» (Vas-saffot surasi, 101-oyat);
«Ular: «Qo‘rqmagin, (bizlar farishtalarmiz, shuning uchun taom yemaymiz)», dedilar va (Ibrohimga) bir dona o‘g‘il xushxabarini berdilar» (Vaz-zoriyot surasi,
28-oyat); «Ular dedilar: «Qo‘rqmagin, (biz Alloh yuborgan elchi - farishtalarmiz). Biz
senga bir bilimdon o‘g‘il (ya’ni, Ishoq) xushxabarini yetkazurmiz» (Hijr surasi, 53-oyat);
«(Parda ortida Ibrohimning) xotini turgan edi. U (farishtalarning Lut qavmini halok qilish
uchun kelganliklarini eshitib) kuldi - xursand bo‘ldi. Shunda Biz (farishtalarimiz
vositasida) u ayolga Ishoq (ismli o‘g‘il ko‘rish) haqida va Ishoqdan keyin Ya’qub (ismli
nabira ko‘rish) haqida xushxabar berdik» (Hud surasi, 71-oyat); «Farishtalar: «Yo
Maryam, albatta Alloh senga Uzining so‘zini xushxabar qilib beradiki...» (Oli Imron
surasi, 45-oyat); «Alloh imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan bandalariga beradigan
xushxabari ana shudir» (Sho‘ro surasi, 23-oyat); «Bas, (ey Muhammad), Mening
bandalarimga - so‘zga quloq tutib, uning eng go‘zaliga (ya’ni, najotga eltuvchi rost
So‘zga) ergashadigan zotlarga xushxabar bering» (Zumar surasi, 17-18-oyatlar);
«Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar» (Fussilat surasi, 30-
oyat); «Mo‘min va mo‘minalarning oldilarida va o‘ng tomonlarida nurlari (ya’ni, qilgan
yaxshi amallari va nomai a’mollari yo‘llarini yoritib) ketayotganini ko‘radigan Kunni
(eslang)! (Usha Kunda ularga deyilur): «Sizlar uchun bugungi xushxabar - ostidan
daryolar oqib turadigan, (sizlar) mangu qoladigan jannatlardir» (Hadid surasi, 12-oyat);
«Parvardigorlari ularga Uz tarafidan rahmat va rizolik hamda ular uchun bo‘ladigan