Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
233
TILNI SAQLASH KITOBI
313-bob Tilni saqlash haqida
Alloh taolo Qof surasining 18-oyatida:
«U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar
(talaffuz qilsa) uning oldida hoziru-nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u
so‘zni yozib olur)»; Val-fajr surasining 14-oyatida esa: «Shak-shubhasiz,
Parvardigoringiz (barcha narsani) kuzatib turguvchidir»
, deb aytgan.
Oldingi o‘tgan boblarda Alloh oson qilganicha mustahab bo‘lgan zikrlarni aytib o‘tdim.
Endi lafz ahkomlarini jamlab, qismlarini bayon etish uchun makruh yoki harom bo‘lgan
lafzlarni bularga qo‘shmoqni ham xohladim. Har bir diyonatli kishi muhtoj bo‘ladigan ana
shu narsalarni zikr qildim. Ularning aksariyati ma’lum va mashhur bo‘lgani uchun
ko‘pchiligidan dalillarni tark qildim. Allohning Uzi bu ishda tavfiq bersin.
Fasl:
Bilingki, har bir mukallaf kishi manfaat (foydali) bo‘lgan so‘zlardan
tashqari qolgan
barchasida tilini tiymog‘i lozim bo‘ladi. Gapirish va gapirmaslik manfaatda barobar bo‘lib
qolganida gapirmaslik sunnatdir. Chunki gohida muboh so‘zlar haromga yoki makruhga
olib boradi. Aksariyat yoki ko‘p hollarda shunday bo‘ladi. Bundan saqlanishni esa biror
narsaga tenglashtirib bo‘lmaydi.
874/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimki Allohga
va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi so‘z aytsin yoki jim tursin»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Bu hadisi sharif sahih ekanligiga ittifoq qilingan. Buning ma’nosi: «Manfaat zohir bo‘lgan
yaxshi so‘zni gapirsin. Qachonki, manfaat zohir bo‘lishida shak qilsa, gapirmasin».
Imom Shofeiy (r.a.): «Agar
kishi gapirishni xohlasa, so‘zlashdan oldin fikrlamog‘i lozim.
Agar manfaat zohir bo‘lsa, gapirsin. Agar shak qilsa, toinki zohir bo‘lgunicha
gapirmasin», dedilar.
875/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh,
musulmonlarning
qaysinisi afzal?» deb so‘ralganida, u zot: «Agar musulmonlar uning tili va qo‘lidan
omonda bo‘lishsa, ana shunisi afzal», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
876/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim menga ikki jag‘i va ikki oyog‘i orasini (sakdashga) kafolat bersa, uning jannatga
kirishiga kafolat beraman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
811/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Banda o‘ylamay bir so‘zni aytib qo‘yadi-da, keyin do‘zaxda mashriq bilan mag‘rib
oralig‘idek joyda sarson bo‘lib yuradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Buxoriyning rivoyatlarida «mag‘rib» so‘zi zikr qilinmagan.
878/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir
banda Alloh taolo rozi bo‘ladigan so‘zni aytib, natijasini o‘ylamay yuraveradi-da, ammo
Alloh
taolo Uzi bilib, uning darajasini ko‘taradi. Yana bir banda Alloh taoloni norozi
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: