318-bob Shayxi (ustozi), do‘sti yoki boshqalarning sha’niga bo‘lgan g‘iybatni
eshitgan kishining qiladigan ishi haqida
Bilingki, musulmonning g‘iybatini eshitgan kishi g‘iybatdan qaytarib, so‘zlovchiga tanbeh
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
243
bermog‘i lozim bo‘ladi. Agar so‘z bilan tanbeh bera olmasa, qo‘li bilan, agar ko‘li va tili
bilan tanbeh bera olmasa, ana shu majlisni tark etadi. Agar shayxi yoki fazl va isloh
ahllari g‘iybat qilinsa, undan qaytarishga ko‘proq ahamiyat beradi.
901/1. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimki birodari obro‘sini himoya qilsa, Alloh taolo Qiyomat kuni yuzidan do‘zaxni daf
qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
902/2. Itbondan (r.a.) rivoyat qilingan uzun hadisda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam turib namoz o‘qidilar. Va: «Molik ibn Duxshum qaerda?» dedilar. Shunda
bir kishi: «U munofiq-ku, Alloh va Uning rasuli munofiqni yaxshi ko‘rmaydi», deganida,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday dema, uning «La ilaha illallohu», deganiga
qaramaysanmi? U buni aytish bilan Allohning roziligini xohlaydi», dedilar. Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
903/3. Hasan Basriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oiz ibn Amr Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam sahobalaridan edi. Bu zot Ubaydulloh ibn Zayyod huzuriga kirib, «Ey
o‘g‘ilcham, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, albatta
boshliqlarning yomoni qo‘l ostidagilarga ozor yetkazadiganidir. Sen ana shunaqa ozor
beruvchi bo‘lishdan chetlangin», dedilar. Ubaydulloh ibn Zayyod: «Utirgin, sen
Muhammad alayhissalomning kichik (ya’ni, elakdan o‘tkazilmagan) sahobalaridansan»,
dedi. Oiz ibn Amr esa: «Ularning kichigi bo‘lmagan. (Ya’ni, ularning hammalari sof
bo‘lishgan), balki ulardan keyin va boshqalarda «kichigi» degan narsa paydo bo‘lgan»,
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
(Alloh sahobalardan rozi bo‘lsin, ularning barchalari sof edilar. Imom Husaynning qotili
Ubaydulloh ibn Zayyoddek zolimning oldida ham haqni gapirishdan ularni hech narsa
to‘xtata olmas edi... - tarj.)
904/4. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Tavba haqidagi uzun hadisda
keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukda qavm orasida o‘tirganlarida:
«Ka’b ibn Molikka nima bo‘ldi?» dedilar. Shunda Bani Salamalik bir kishi: «Ey Rasululloh,
uning kiyimlari hamda ikki yoniga nazar solishi (Ya’ni, boyligiga ajablanishi) bu yerga
kelishidan to‘sib ko‘ydi», dedi. Buni eshitgan Muoz ibn Jabal: «Aytgan narsang buncha
ham yomon. Allohga qasamki, ey Rasululloh, biz unda faqat yaxshilik ko‘rganmiz»,
deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sukut qildilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
905/5. Jobir ibn Abdulloh va Abu Talhadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Biror kishi bir musulmon kishini hurmati ketib, obro‘si to‘kiladigan
o‘rinda qarovsiz tashlab qo‘ysa, Alloh taolo uni ham yordamga muhtoj bo‘lib turgan
o‘rinda qarovsiz tashlab qo‘yadi. Bir kishi bir musulmon kishiga obro‘si to‘kilib, hurmati
ketadigan o‘rinda yordam bersa, Alloh taolo unga ham yordamga muhtoj bo‘lib turgan
joyda yordamini beradi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
906/6. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimki bir mo‘min kishini munofiqdan himoya qilsa (roviy quyidagi so‘zlarni aytdilar deb
shak qilyaptilar), Alloh taolo bir farishtani yuborib, Qiyomat kuni uning go‘shtini
jahannam o‘tidan himoya qiladi. Kimki musulmonni bir narsa bilan ayblab, uni
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: |