18-bob. Tayammum qilganda aytiladigan duo Tayammum qiluvchi kishi, hoh u junub, xoh hayz ko’rgan ayol bo’lsin, bismillohni aytishi
mustahab. Ammo yuzi va kaftiga turpoq surtgandagi o’qiladigan duolar haqida biror
narsa ko’rmadik.
19-bob. Masjidga ketayotganda o’qiladigan zikrlar 67/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot xolalari Maymunaning (r.a.) uylarida
tunab qolganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi ishlariga guvoh
bo’lganini aytadilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam muazzinning bomdodga aytgan
azonini eshitdilar, so’ng namozga ketaturib, quyidagi duoni o’qidilar:
«Allohummaj’al fiy qolbiy nuron va fiy lisaniy nuron vaj’al fiy sam’iy nuron vaj’al fiy
basoriy nuron vaj’al min xolfiy nuron va min amamiy nuron vaj’al min favqiy nuron va
min tahtiy nuron, Allohumma’tiniy nuro» (Ey Rabbim, qalbimda nur qil, tilimda nur qil,
qulog’imda nur qil, ko’zimda nur qil, orqamdan nur qil, oldimdan nur qil, ustimdan nur
qil, ostimdan nur qil, ey Rabbim, menga nur ato et). Muslim rivoyatlari
68/2. Bilol (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga chiqsalar,
quyidagi duoni o’qir edilar:
«Bismillahi amantu billahi tavakkaltu ‘alallohi la havla va la quvvata illa billah.
Allohumma bihaqqis soiliyna ‘alayka va bihaqqi maxrojiy haza fainniy lam axrujhu
asharan va la bataran va la riya`an va la sum’atan, xorojtu ibtig’oa marzotika vattiqoa
saxotik, as`aluka an tu’iyzaniy minan nar va tudxilaniy al-jannah». (Ma’nosi: Allohning
ismi bilan. Allohga iymon keltirdim. Allohga tavakkal qildim. Allohdan boshqada
o’zgartirish va quvvat yo’q. Ey Rabbim, so’rovchilar haqqi va chiquvchilar haqqi, men
takabburlik, kufronalik, riyokorlik yoki ovoza bo’lish uchun chiqqanim yo’q. Bu
chiqishimdan maqsad roziligingni talab qilish, g’azabingdan qo’rqish, do’zaxdan panoh
tilab, jannatga kirishni so’rashdir). Ibn Sunniy bu hadisni zaif deganlar.