www.ziyouz.com kutubxonasi
244
sharmanda qilsa, toinki aytgan narsasi chiqquncha, (ya’ni ayblagan kishisining roziligini
olib gunohidan pok bo‘lguncha) Alloh taolo uni jahannam ko‘prigida hibs qilib turadi»,
dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
319-bob Qalb bilan qilinadigan g‘iybat haqida Bilingki, yomon gumon aytilgan yomon so‘z kabi haromdir. Kishining yomonligini
boshqalarga aytmoging harom bo‘lgani kabi uni o‘z nafsingga bildirib, yomon gumon
qilmoqliging ham haromdir. Bu haqda Alloh taolo Hujurot surasining 12-oyatida
«Ko‘p gumonlardan chetlaninglar», deb aytgan.
907/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Gumondan chetlaninglar, albatta gumon gaplarning yolgonidir», dedilar. Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Bu aytilgan so‘zlardagi ma’noni ifoda etuvchi hadislar ko‘p. Gumon bu qalbda boglashlik
va boshqaga yomonlikni hukm qilishdir. Ammo bir fikrga kelmay, ichida gapirsa-yu,
qalbida qaror topmasa va unda bardavom bo‘lmasa, bu ulamolar ittifoqi bilan avf
qilingandir. Chunki voqe’ bo‘lishda u uchun bu kishida ixtiyor yo‘qdir. Va undan
ajralishga yo‘l ham yo‘qdir. Quyida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sahih
hadisda sobit bo‘lgandan maqsad ham shu aytgan so‘zimizdir - u zot: «Ummatimdan
bo‘lgan kishi ichida bir gapni gapirsa-yu, uni tashiga chiqarmasa yoki unga amal
qilmasa, albatta Alloh taolo o‘sha gunohini kechirgandir», deb aytdilar.
Ulamolar: «Bundan maqsad fikrida qaror topmagan narsa», deyishdi. Va yana: «Xoh u
fikridagi giybat yo kufr yoki boshqasi bo‘lsin, fikrida qaror topmasa, gunohi kechirilgan.
Bas, kimning fikriga qasd qilmasdan kufrlik kelsa, o‘sha paytning o‘zida uni daf etsa,
kofir ham va boshqa biror narsa ham bo‘lmaydi», deyishdi.
Biz «Vasvasa» bobida quyidagi sahih hadisni keltirganmiz: «Sahobalar: «Ey Rasululloh,
birortamiz (nafsimizda) gapirish katta bo‘lgan narsani, ya’ni kufr (vasvasasi)ni topadi»,
deyishganida, u zot: «(Shundoq bo‘lsa ham) u sof imonlikdir», dedilar». (Ya’ni, u faqat
shayton vasvasasi, xolos... - tarj.)
Zikr qilgan narsalarimizda avf qilinishiga sabab chetlanish uzrli bo‘lgani uchundir.
Shuning uchun u fikrda bardavom bo‘lish va qalbda bog‘lash haromdir. Xoh u g‘iybat,
xoh boshqa gunohlar bo‘lsin, fikrga keldimi, o‘sha zahoti uni daf etmoq vojibdir.
Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitobida quyidagilarni aytganlar: «Agar
qalbingda yomon gumon voqe’ bo‘lsa, u shayton vasvasasidir. Bas, sen uni yolg‘onga
chiqarmog‘ing lozim bo‘ladi. Chunki shayton fosiqlarning fosig‘idir. Bu haqda Alloh taolo
Hujurot surasining 6-oyatida: