Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
247
ko‘rgani undan tashilgan bo‘lsin yoki unga tashilgan bo‘lsin yo uchinchisi bo‘lsin,
buning
farqi yo‘q. Yoki ana shu ochib yuborish so‘z bilan yoki yozish bilan yoki ramz bilan yoki
imo-ishora bo‘lsin yoki so‘z va amalda bo‘lsin, xoh ayb va boshqa narsalarda bo‘lsin -
hammasi bir xil chaqimchilikdir. Chaqimchilikning
haqiqiysi sirni ochib, fosh bo‘lishi karih
ko‘rilgan narsada to‘siqni ochib yuborishdir. Insonga kishilarda ko‘rilgan
holatning
hammasida sukut qilmoqlik lozim bo‘ladi. Faqat gapirgan narsasida musulmonga foydali
yoki gunohni daf qiladigan narsa bo‘lsa, unda zarari yo‘q. Ammo kishi o‘z
molini maxfiy
tutayotganini ko‘rsa-yu, uni odamlarga aytsa, ana shu chaqimchilikdir.
Va yana har bir
ko‘tarib, tashib yurilgan narsa chaqimchilikdir. «Falon kishi sen haqingda bunday dedi»
kabi so‘zlarni aytsa, u kishiga olti narsa lozim bo‘ladi:
1. Uni tasdiqlamaslik. Chunki chaqimchi fosiqdir. U yetkazgan xabar marduddir.
2. Chaqimchilikdan uni qaytarib, nasihat qilib va u ishining yomonligini aytish.
3. Alloh yo‘lida unga g‘azab qilmoq. Chunki chaqimchilik Alloh huzurida g‘azabga
duchordir. Alloh yo‘lida g‘azab qilish vojibdir.
4. Tashib kelingan so‘zda yomonlikni gumon qilmaslik. Alloh taolo:
Dostları ilə paylaş: