www.ziyouz.com kutubxonasi
248
323-bob Shariat zohirida sobit bo‘lgan nasabni haqoratlashdan qaytarish to‘g‘risida Alloh taolo Al-Isro surasining 36-oyatida:
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur» , deb aytgan.
909/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kishilar orasida ikki toifa borki, ularda kufrlik bor: biri nasabni haqorat qilish, ikkinchisi
o‘lganga yig‘lash», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
324-bob Faxrlanishdan qaytarish haqida Alloh taolo Van-najm surasining 32-oyatida:
«Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay ko‘ya qolinglar! U taqvodor bo‘lgan kishilarni ham juda yaxshi bilguvchidir» ,
deb aytgan.
910/1. Iyoz ibn Himordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta Alloh taolo menga tavozu’li bo‘lmoqni va biror kishi boshqa biror kishiga jabr
qilmasligini hamda faxrlanmaslikni vahiy qildi», dedilar. Imom Muslim va Abu Dovudlar
rivoyati.
325-bob Musulmonga ichqoralik qilishdan qaytarish to‘g‘risida 911/1. Vosila ibn Asqa’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Birodaringga ichqoralik qilma! Bordi-yu shunday qiladigan bo‘lsang, Alloh unga rahm
qilib, seni tashvishga solib qo‘yadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
326-bob Musulmonlarni mensimay, ularni masxara qilishning haromligi haqida Alloh taolo Tavba surasining 79-oyatida:
«Mo‘minlar orasidan o‘z xohishi bilan sadaqotlar qiluvchi kishilarni va (infoq-ehson qilish uchun) kuchlari yetgan narsani topib kelgan kishilarni ayblab, masxara qiladigan kimsalarni Alloh masxara qilur va ular uchun alamli azob bordir» , deb aytgan. Va yana Alloh taolo
Hujurot surasining 11-oyatida: