Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
249
«Bir-birlaringizga hasad qilmanglar va savdoda soxtalik bilan kelishib narxlarni
oshirmanglar. Bir-birlaringizga gazab qilmanglar hamda orqa o‘girib munosabatlarni
bo‘lmanglar. Va ba’zilaringiz ba’zilaringiz savdosi ustiga savdo qilmasin. Allohning
bandalari, birodar bo‘linglar. Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham
qilmaydi, xo‘rlamaydi ham, past ham sanamaydi. Taqvo bu yerda», deb, uch bora
qalblariga ishora qildilar. «Musulmon birodarini past sanagan kishi yomon ekanligiga
dalolat qiladi. Har bir musulmonning boshqa musulmonga qoni, moli va obro‘sini
(suiiste’mol) qilishi haromdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Imom Navaviy: «Tadabbur qilgan kishiga bundan-da foydasi ko‘p, manfaati ulug va
yaxshiroq hadis bo‘lmasa kerak», dedilar
913/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Qalbida zarra miqdoricha kibri bor kishi jannatga kirmaydi», dedilar. Shunda bir kishi:
«Ey Rasululloh, kishi chiroyli kiyim va chiroyli poyabzal kiyadi (bu ham kibr bo‘ladimi?)»
deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh chiroylidir. Chiroylini
yaxshi ko‘radi. Kibr esa haqni buzish va kishilarga nast nazar bilan qarash», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Dostları ilə paylaş: