327-bob Yolg‘on guvohlikning ulkan haromligi haqida
Alloh taolo:
«Va yolg‘on so‘zdan yiroq bo‘linglar»,
deb aytgan (Haj surasi, 30-oyat).
Yoki
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z,
dil -bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur»,
deb aytgan
(Isro surasi, 36-oyat).
914/1. Abu Bakra Nufay’ ibn al-Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam uch marta: «Sizlarga gunohlarning kattasi xabarini beraymi?»
deganlarida, sahobalar: «Ha», deyishdi. Shunda u zot: «Allohga shirk keltirmoq, ota-
onaga oq bo‘lmoq (suyanib turgan edilar, so‘ng o‘tirib olib), ogoh bo‘ling, yolgon so‘z va
yolgon guvohlik», deb takror-takror aytdilar. Biz esa: «Shoyadki, jim bo‘lsalar-ku», deb
turardik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
328-bob Bergan narsasini minnat qilishdan qaytarish haqida
Alloh taolo Baqara surasining 264-oyatida:
«Ey mo‘minlar, bergan sadaqalaringizni
minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang»,
deb aytgan.
915/1. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch
toifa kishi borki, Alloh Qiyomat kunida ularga gapirmaydi va ularni oqlamaydi hamda
ular uchun alamli azob bordir», deb uch bora shu so‘zni aytdilar. Shunda Abu Zarr:
«Hasrat-nadomatda qolgurlar - ular kimlar o‘zi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Kiyimlarini mutakabbirlik uchun uzun qilib kiyuvchilar, minnat
qiluvchilar va molini yolgon qasamlar bilan o‘tkazuvchi kishilar», deb aytdilar. Imom
Muslim rivoyatlari.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
250
329-bob La’natlashdan qaytarish to‘g‘risida
916/1. Sobit ibn Zahhokdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot «daraxt» sohiblaridan edilar
(ya’ni, daraxt ostida bay’at berganlar). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minni
la’natlash uni o‘ldirgan kabidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
917/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Siddiq la’natlovchi bo‘lishi mumkin emas», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
918/3. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«La’natlovchilar Qiyomat kunida shafoat qiluvchi ham, shohidlik beruvchi ham
bo‘lishmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
919/4. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Allohning la’nati, gazabi va do‘zaxi bilan la’natlamanglar», dedilar. Imom
Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari.
920/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Mo‘min kishi ko‘p so‘kuvchi ham, ko‘p la’natlovchi ham, fahsh so‘zlarni aytuvchi ham,
odobsiz ham bo‘lmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
921/6. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar
banda biror narsa ila la’natlasa, la’nati osmonga ko‘tariladi. Osmon eshiklari uning
ro‘parasida yopiladi. So‘ngra yerga tushadi. Bas, uning eshiklari ham yopiladi. So‘ngra
o‘ng va chap tomonga boradi. Agar imkoniyat topa olmasa, la’natlangan kishiga qaytadi.
Agar uning sohibi o‘sha la’natga ahl (munosib) bo‘lsa, unda qoladi. Agar ahl bo‘lmasa,
aytgan kishining o‘ziga qaytadi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
922/7. Ibn Abbosdan (r.a.) qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki ahli
bo‘lmagan narsa ila la’natlasa, la’nati o‘ziga qaytadi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar
rivoyatlari.
923/8. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
safarlarning birida ekanliklarida ansoriylardan bir ayol tuyadan achchiqlanib, uni
la’natladi. Buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eshitib, «Bundagi narsalarni olib
tuyani qoldiringlar, chunki tuya la’natlangandir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Imron (r.a.) «Men u tuyani hozir ko‘rgandekman. U kishilar orasida yuradi-yu, ammo
unga biror kishi yuzlanmaydi», deb aytganlar.
924/9. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir joriya qiz qavmning yuki turgan tuyada
edi. Tog‘ning tor joyida u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rib, tuyaga «To‘xta!
Alloh seni la’natlasin», deb yubordi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu
la’natlangan tuyani bizga hamroh qilmang», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda «Allohning la’nati bo‘lgan bu ulovni bizga hamroh qilmang», deb
kelgan.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: |