Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
26
69/1. Abu Humayd yoki Abu Usaydlardan rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Agar birortangiz masjidga kirsa,
Rasulullohga salom aytib, so’ng:
«Allohummaftah liy abvaba rohmatik», deb aytsin. Chiqqanida esa:
«Allohumma inniy as`aluka min fazlik», desin». (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening fazlingni
so’rayman.)
Bu hadisni Imom Muslim rivoyat qilganlar. Lekin u zotning rivoyatlarida «Rasulullohga
salom aytsin», degan lafz yo’q. Ibn Sunniy bu rivoyatga
«Allohumma a’izniy minash shaytonir rojiym» (Ey Rabbim, meni la’nati shaytondan
saqla), jumlasini ziyoda qilganlar.
70/2. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam masjidga kirsalar:
«A’uzu billahil ‘aziym va bivajhihil kariym va sultonihil qodiym minash shaytonir rojiym»,
der edilar. Agar mana shu duo o’qilsa, shayton: «Boshqa kunlarda ham mendan
muhofaza qilindi», deb aytadi». Abu Dovud rivoyatlari
71/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam masjidga
kirganlarida ham, chiqqanlarida ham:
«Bismillah, Allohumma solli ‘ala Muhammadin» (Alloh nomi bilan. Ey Allohim,
Muhammadga salovot yog’dir), deb aytar edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
72/4.
Abdulloh ibn Hasan onalaridan, onalari momolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam masjidga kirsalar, Allohga
hamd aytib, bismillah, der edilar.
So’ngra:
«Allohummag’fir liy vaftahliy abvaba rohmatik»ni o’qirdilar. Masjiddan chiqsalar:
«Allohummaftah liy abvaba fazlik» (Ey Allohim, menga fazling eshiklarini och), deb o’qir
edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
73/5. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom aytdilar: «Agar
birortangiz
masjiddan chiqishni xohlasa, iblis askarlarini chaqiradi. Va asalarilar
amirlarining oldida jamlanishgandek, ular ham jamlanishadi.
Shuning uchun masjid
eshigi oldida tursangiz:
«Allohumma inniy a’uzu bika min ibliysa va junudih» (Allohim, men iblisdan va uning
askarlaridan Sendan panoh tilayman), deb aytinglar. Shunda shayton zarar bermaydi».
Ibn Sunniy rivoyatlari
Dostları ilə paylaş: