www.ziyouz.com kutubxonasi
252
«Nafsiga zulm qiluvchi» kabi so‘zlarni yolg‘on ishlatmasdan aytmog‘i joiz. So‘zida ochiq
kinoya yoki ishora, agar rost bo‘lmasa ham, haqoratli so‘z bo‘lmasligi lozim. Faqat bu
odob berish va so‘zining ta’sirini o‘tkazish uchun bo‘lmog‘i kerak.
927/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbonlik
qilinadigan tuyani haydab ketayotgan kishini ko‘rib, «Uni minib ol», dedilar. Haligi kishi:
«Bu qurbonlik tuyasi-ku», dedi. Rasululloh yana: «Uni mingin», deb aytganlarida, u
yana: «Bu qurbonlik tuyasi-ku», dedi. Uchinchi marta Payg‘ambar (a.s.): «Voy bo‘lgur,
uni mingin», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
928/13. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlarida edik. U zot ulushlarni taqsimlayotganlarida, Bani Tamim
qabilasidan Zulxuvaysira degan kishi: «Ey Rasululloh, odil bo‘ling», dedi. Shunda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Voy bo‘lsin, men odillik qilmasam, kim ham
odillik qilardi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
929/14. Adiy ibn Hotamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlarida xutba ayta turib, «Kimki Allohga va rasuliga itoat qilsa, batahqiq
to‘g‘ri yo‘lni topibdi. Kimki u ikkoviga osiylik qilsa, batahqiq adashibdi», deganida,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen muncha ham yomon xatibsan! (ikkovi, deb
barobar aytmasdan) balki «... Kimki Allohga va rasuliga osiylik qilsa...» deb aytgin»,
dedilar. Imom Muslim rivoyati.
930/15. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Xotibning (r.a.) qullari Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, Xotibdan shikoyat qildi. «Ey Rasululloh,
Xotib do‘zaxga tushadi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yolg‘on
aytding, u do‘zaxga tushmaydi. Chunki u Badr va Hudaybiyada ishtirok etgan», dedilar.
Imom Muslim rivotlari.
931/16. Abu Bakr Siddiq (r.a.) o‘g‘illari Abdurahmonni mehmonni ziyofat ila
siylamaganida, «Ey g‘unsar» («Ey pastkash»), deb aytganlar. Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
932/17. Jobir (r.a.) bir kiyimda namoz o‘qib, (ikkinchi) liboslarini oldilariga ko‘yib
ko‘ydilar. «Nimaga bunday qildingiz?» deyilganida, «Sen kabi johillar ko‘rishi uchun»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda «Sen kabi axmoq ko‘rishi uchun», deb kelgan.