Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
253
ularning zimmalarida hech narsa yo‘qdir. Bas, ularni haydab zolimlardan bo‘lib
qolmang»,
deb aytgan (An’om surasi, 52-oyat). Va yana:
«Siz o‘zingizni ertayu
kech Parvardigorlarining yuzini - roziligini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar
bilan birga tuting!» deb aytgan (Kahf surasi, 28-oyat). Va yana: «Mo‘minlar
uchun qanotingizni past tuting»
, deb aytgan (Hijr surasi, 88-oyat).
933/1. Oiz ibn Amrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Abu Sufyon (islomga kirmasidan
oldin) Salmon, Suhayb, Bilol va bir necha boshqa sahobalar
huzurlariga kelganida, Ular
«Allohning qilichi Allohning dushmanining gardanidan olmadi-da», deyishdi. Abu Bakr
(r.a.): «Bu so‘zni Qurayshning shayxi va sayyidi (Abu Sufyon)ga
nisbatan
ishlatasizlarmi?» deb va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib,
buning
xabarini berganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey
Abu Bakr, ularni
g‘azablantirgan bo‘lishing mumkin. Agar shunday bo‘lsa, Rabbingni g‘azablantirgansan»,
dedilar. Abu Bakr (r.a.)
ularning huzurlariga borib, «Ey birodarlar,
sizlarni
g‘azablantirdimmi?» deganlarida, sahobalar: «Io‘q», deyishdi. Imom Muslim rivoyatlari.
Dostları ilə paylaş: