Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
256
To‘rtinchisi, ulamo va shularga o‘xshash ergashiladigan kishilar bo‘lsa, avom
adashmasligi uchun o‘limga sabr qilmog‘i afzal.
Beshinchisi, Alloh taoloning
«Va o‘zingizni halokatga tashlamang»
(Baqara surasi,
195-oyat) so‘ziga binoan kufr kalimasini aytmoqlik vojibdir. Mana shu oxirgisi juda ham
zaif ko‘rinishdagisidir.
Fasl:
Agar musulmon kishi kofirni
Islomga kirishga majburlasa, bas, u ikki shahodat
kalimasini aytsa va ana shu aytuvchi kofir harbiy bo‘lsa, Islomi durust bo‘ladi. Chunki
uni majburlash haq bilan bo‘lmoqda. Agar u aytuvchi zimmiy bo‘lsa, u musulmon
bo‘lmaydi. Chunki biz unday qilmaslik majburiyatini olganmiz. Bas, majburlashlik to‘g‘ri
emas. Ba’zi zaif so‘zlar borki, ularda: «U musulmon bo‘ladi, chunki buyurish haqdir»,
deyilgan.
Fasl:
Agar kofir ikki shahodat kalimasini majburlanmasdan aytsa-yu,
hikoya tarzida
masalan, Zayddan eshitdim, u «La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh», dedi deb
aytsa, Islomda ekaniga hukm qilinmaydi. Agar musulmonning taklifidan keyin ikki
shahodat kalimasini aytsa, masalan, «La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh», degin,
desa-yu,
kofir uni aytsa, musulmon bo‘ladi. Agar hikoya va taklif ko‘rinishida
bo‘lmasdan, balki o‘zicha boshlasa, mashhur sahih mazhabga ko‘ra, u musulmon bo‘ladi.
Ba’zilar hikoya ehtimoli borligi uchun musulmon bo‘lmaydi, deyishgan.
Fasl:
Musulmonlar ishiga boshliq bo‘lgan kishini xalifatulloh, ya’ni Allohning xalifasi, deb
aytmaslik lozim. Balki u xalifa yoki xalifatur-rasululloh yoki Amirul-mo‘minin, deb
aytiladi.
Imom Abu Muhammad al-Bag‘aviy «Sharhi sunna»
kitoblarida keltirishlaricha,
musulmonlar ishiga boshliq bo‘lgan kishini agar odil imomlar siyratiga xilof bo‘lsa,
musulmonlar ishida qoim bo‘lgani va mo‘minlar uning so‘ziga quloq tutgani uchun amirul
mo‘minin va xalifa, deb atamoqlikning zarari yo‘q. Xalifa, deb atalishiga sabab u o‘zidan
oldingi boshliqqa xalifa (o‘rinbosar) bo‘lib o‘rniga o‘tirganligidir.
Biror kishi Odam alayhissalomdan va Dovud alayhissalomdan keyin xalifatulloh, deb
atalinmaydi. Chunki Alloh taolo:
Dostları ilə paylaş: