Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
27
mustahabdir.
Shuningdek, Rasulullohning hadislari, fiqh ilmi va boshqa shar’iy
ilmlarni
o’qish ham fazilat sanaladi.
Alloh taolo Qur’oni karimning Nur surasi 36-oyatida:
«Alloh ularni (masjidlarni) baland ko’tarib (bino) qilinishiga va ularda o’zining
nomi zikr etilishiga izn bergan (ya’ni, amr qilgan) edi. U (masjidlarda) ertayu
kech U zotni poklaydigan kishilar bordir...»
deydi. Haj surasining 30-oyatida
aytadiki:
«Kim Alloh harom qilgan narsalarni hurmat (rioya) qilsa, bas, bu Parvardigori
nazdida o’zi uchun yaxshidir».
Yana Haj surasining 32-oyatida deydi:
«Kim Allohning qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta (bu hurmat) dillarning
taqvodorligi sababli bo’lur».
74/1. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Masjid
nima uchun qurilgan bo’lsa, o’shanga asoslangandir», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari
75/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga bavl
qilgan a’robiyga: «Masjidda bavl etish yoki ifloslik qilish durust emas.
Balki unda Alloh
zikr qilinadi, Qur’on o’qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Ba’zi birodarlarimiz aytishadiki: «Kim
masjidga kirib, tahorati yo’qligi yoki ishi zarurligi
tufayli «Tahiy-yatul masjid» namozini o’qiy olmasa, to’rt marta «Subhanallohi valhamdu
lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar», deb aytishi mustahabdir. Ba’zi
salaf olimlari
shunday qilishgan. Unda zarar yo’qdir.
22-bob. Masjidda yo’qolgan narsasini izlaganni va oldi-sotdi qilganni ta’qib
Dostları ilə paylaş: