Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə271/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
263
Fasl:
«Uzoq umr tilayman», deb aytish ham karih ko‘rilgan. Abu Ja’far Nahhos «Sinoatul 
kitob» nomli asarlarida: ba’zi ulamolar «Uzoq umr tilayman», deb aytmoqni karih 
ko‘rishgan va ba’zilari ruxsat etishgan, deganlar. 
Ismoil ibn Ishoq: «Birinchi bo‘lib bu so‘zni ishlatganlar zindiqlardir», dedilar (Zindiqlar - 
adashgan bir toifa... - tarj.). 
Hammod ibn Salama: «Musulmonlar o‘zaro maktublarida «falonchidan falonchiga ammo 
ba’d. Senga salom bo‘lsin. Sherigi yo‘q Allohga hamd aytaman. Muhammad 
alayhissalomga va u zotning oilalariga salovot bo‘lmog‘ini so‘rayman», deb yozishar edi. 
Zindiqlar mana shu kabi maktublarning avvaliga «Senga uzoq umr tilayman», deb yozib 
qo‘yishni yangilik qilishdi. 
Fasl:
«Ota-onam sizga fido bo‘lsin» yoki «Alloh meni sizga fido qilsin», deb aytishning 
karohiyati yo‘q. Xoh uning ota-onasi musulmon bo‘lsin yoki kofir bo‘lsin, buning 
joizligiga ikki «Sahih» kitobi va boshqalarda dalillar keltirilgan. Ba’zi ulamolar agar ota-
onasi musulmon bo‘lishsa, ana shuni aytishni karih ko‘rishgan. 
Nahhosning aytishlaricha, Molik ibn Anas «Alloh meni sizga fido qilsin», deb aytishni 
karih ko‘rardilar. Ba’zilar bunga ham ijozat berishgan. 
Qozi Iyozning aytishlaricha, jumhur ulamolar: «Bu joiz, fido qilayotgan xoh musulmon 
bo‘lsin, xoh kofir bo‘lsin, farqi yo‘q», deyishgan. 
Imom Navaviy: «Buning joizligiga son-sanoqsiz hadislar keltirilgan. Men «Sahih Muslim» 
sharhida bundan ogoh etdim», dedilar. 
Fasl:
Va yana yomon lafzlar ila tortishmoq, bahslashmoq va xusumatlashmoqlik: 
Abu Homid G’azzoliyning aytishlaricha, «Al-Mirou» (tortishmoq) - boshqa kishining 
so‘zidagi xatoni oshkor qilib, qabul etmaslik. Bu bilan u so‘zlovchini tahqirlash hamda o‘z 
xususiyatini ko‘rsatib qo‘yishdan boshqa narsani anglatmaydi. «Al-jidol» (bahslashmoq) 
-biror yo‘lni kuchli ekanini bildirishdan iborat. Ammo «Al-xusumat» (xusumatlashmoq) 
mol-mulk va boshqa narsalarni qo‘lga kiritish uchun shovqin-suron ila so‘zamol bo‘lmoq. 
Gohida bu oddiy boshlanib va gohida to‘satdan duch kelish bilan bo‘ladi. Bahslashish esa 
to‘satdan duch kelish bilan bo‘ladi. 
Bilingki, bahslashmoq gohida haq, gohida botil bilan bo‘ladi. Alloh taolo: 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin