www.ziyouz.com kutubxonasi
272
Sha’biy bir doira chizib, xizmatkorlariga «Barmog‘ingni bunga qo‘ygin-da, «U bu yerda
emas», deb aytgin», dedilar. Bu narsa odatda kishilar ovqatga chaqirilsa, niyat qilib
olganman, degan so‘zlarga o‘xshaydi. Ya’ni, chaqirgan kishi uning ro‘zador ekan, deb
o‘ylashi uchun. Vaholanki, uning maqsadi ovqat yeyishni tark qilish uchun bo‘lgan
niyatdir.
Va yana shunga o‘xshashlardan «Falon kishiga ko‘zing tushdimi?» desa, ko‘rmadim,
ko‘rinish bermadi deydi. Bunga misollar ko‘p. Agar biror narsaga qasam ichsa va
qasamida tavriya (qochirim) qilsa, xoh Alloh nomiga yoki taloq yo boshqa narsaga
bo‘lsin, qasami buzilmaydi. Taloq ham, boshqa narsa ham voqe’ bo‘lmaydi. Endi qozi
da’voda qasam ichishga majburlasa, agar u Alloh nomiga qasam ichirgan bo‘lsa bundagi
e’tibor qozining niyatiga qaraydi,. Bordi-yu taloq bilan qasam ichirsa, bundagi e’tibor
qasam ichuvchining niyatiga qaraydi. Chunki boshqalarga taloq bilan qasam ichirish joiz
bo‘lmaganidek, qoziga ham taloq bilan qasam ichirish joiz emas. Vallohu a’lam.
Imom G’azzoliy: «Fosiqlikni olib keluvchi harom qilingan yolg‘onlardan yana biri odatda
kishilar mubolag‘a tarzida «Senga yuz marta aytdim» va «Sendan yuz marta so‘radim»,
deb aytishlikdir. Chunki bunda necha martani anglatish ekani iroda qilinmaydi. Balki
mubolag‘a iroda qilinadi. Agar so‘ragani bir marta bo‘lsa, yolg‘onchi bo‘ladi. Ammo
so‘ragani ko‘plikda odatlanilmagan miqdorda takrorlansa gunohkor bo‘lmaydi, garchi
yuztaga yetmagan bo‘lsa ham, bularning o‘rtasida mubolag‘a etguvchi kishi yolg‘onga
duch keladigan bir necha darajalar mavjud», dedilar.
Imom Navaviy mubolag‘a joiz ekaniga va yolg‘on hisoblanmasligiga quyidagi hadis
dalildir deb aytdilar.
989/2. Ikki «Sahih» kitobida rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Abu Jahl asoini yelkasidan qo‘ymaydi. Muoviyaning esa moli yo‘q», deganlar. Ma’lumki,
ulardan birinchisi asoini uxlash va boshqa paytlardagina qo‘yar edi. Ikkinchisining esa
kiyadigan bittagina ko‘ylagi bor edi.