Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
29
26-bob. Iqomatning sifati
Iqomatning kalimalari imom Shofe’iy mazhablarida o’n bir kalimadan iboratdir. (Ya’ni,
«Qod qomatis solah»dan boshqa kalimalar bir martadan aytiladi. Bizning Imomi A’zam
mazhablarida esa, iqomat o’n yettita kalimadan iborat. Ular azon kalimalari bilan bir xil
bo’lib, faqat «Hayya ‘alal falah»dan keyin ikki marta «Qod qomatis solah» ziyoda qilinadi
va bir oz tezlatib aytiladi. – Tarjimon.)
Fasl:
Azon va iqomat sunnat amaldir. Agar shahar ahli azonni
tark etishga jamlansalar,
ularga qarshi urush e’lon qilinadi. Chunki azon Islomning zohir shiorlaridandir.
Fasl:
Azonni tartib bilan, orasini uzib va ovozini balandlatib, iqomatni esa bir-biriga
ulab, azonga nisbatan pastroq ovozda aytish mustahab amaldir.
Muazzin chiroyli ovozli,
ishonchli, vaqtdan xabardor, tajribali kishi bo’lishi kerak. Va azonni tik turib, tahorat
bilan,
baland joyda, qiblaga yuzlanib aytish ham mustahab amaldir. Agar muazzin
azonni yoki iqomatni qiblaga orqasini qilib yoki o’tirib yoki yonboshlab yoki tahoratsiz
yoki junub holatda aytsa ham joiz bo’ladi, lekin karohiyati bordir. Junublikdagi karohiyat
tahoratsizlikdan qattiqroqdir.
Iqomatdagi karohiyat esa, azonnikidan qattiqroq.
Fasl:
Azon aytish faqat besh vaqt namoz uchun mashru’dir. Ular bomdod, peshin, asr,
shom, xuftondir. Xoh u vaqtida o’qilayotgan bo’lsin, xoh qazo, xoh muqimlikda bo’lsin,
xoh musofirlikda, xoh yakka o’qilayotgan bo’lsin, xoh jamoat bilan.
Agar bir kishi aytsa,
qolganlarga ham kifoya qiladi. Bir vaqtning o’zida bir nechta qazo namozlarini o’qisa,
faqat birinchisiga azon aytib, qolganlariga iqomat aytadi.
Dostları ilə paylaş: