www.ziyouz.com kutubxonasi
281
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Batahqiq, u Ismi a’zam bilan Allohga duo qildi.
Agar u bilan duo qilinsa, ijobat qilinadi. Va agar u bilan so‘ralsa, beriladi», dedilar.
(Ma’nosi: Allohim, men Sendan so‘rayman. Albatta maqtov Sen uchundir. Sendan
boshqa iloh yo‘q. Sen saxiy va yeru osmonni yaratgan zotsan. Ey ulug‘lik va hurmat
egasi, ey tirik va barhayot sifatli zot.) Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati.
1015/22. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana bu
kalimalar bilan duo qilardilar:
«Allohumma inniy a’uzu bika min fitnatin nari va ‘azobinnar va min sharril g‘ina val
faqri». (Ma’nosi: Allohim, do‘zax fitnasidan, do‘zax azobidan, boylik va kambag‘allik
yomonliklaridan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn
Mojalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.
1016/23. Ziyod ibn Iloqa amakilari Qutba ibn Molikdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma inniy a’uzu bika min munkarotil axloqi val a’moli val'ahva», deb aytardilar.
(Ma’nosi: Allohim, xulqlarning, amallarning, xohish-istaklarning bema’nisidan Sening
noming ila panoh tilayman.) Imom Termiziy rivoyatlari.
1017/24. Shakal ibn Humayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Rasululloh, menga
duo o‘rgating», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma inniy a’uzu bika min sharri sam’iy vamin sharri basariy vamin sharri lisoniy
vamin sharri qolbiy vamin sharri maniyyi», deb aytgin, dedilar. (Ma’nosi: Allohim,
eshitganimning yomonidan, ko‘rganimning yomonidan, tilimning yomonidan, qalbimning
yomonidan va maniyimning yomonidan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud,
Termiziy va Nasaiylar rivoyati.
1018/25. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma inniy a’uzu bika minal barasi val jununi val juzomi va sayyi'il asqomi», deb
aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening noming ila peslikdan, jinnilikdan, moxovdan va
yomon kasalliklardan panoh tilayman.) Abu Dovud va Nasaiylar sahih isnod bilan rivoyat
qilishgan.
1019/26. Abul Yasradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma inniy a’uzu bika minal hadmi va a’uzu bika minattaraddiy va a’uzu bika
minal g‘oraqi val haraqi val harami va a’uzu bika an yataxabbatanish-shaytonu ‘indal
mavti va a’uzu bika an amuvtu fiy sabiylika mudbiron va a’uzu bika an amuvta
ladiyg‘on», deb duo qilardilar. (Ma’nosi: Allohim, (uy) buzilib ketishidan, qulashdan,
g‘arq bo‘lishdan, yong‘indan, o‘ta qarilikdan va o‘lim paytida shayton yo‘ldan urishidan
Sening noming ila panoh tilayman. Va yana Sening yo‘lingda orqa o‘girib o‘lmoqlikdan
(urushda orqaga chekinmoqdan) va (biror narsa tomonidan) chaqilgan holda o‘lmoqdan
panoh tilayman.) Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati. Boshqa bir rivoyatda «...g‘amdan
panoh tilayman» bo‘lib kelgan.
1020/27. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma inniy a’uzu bika minal juv’i fainnahu bi'sa az-zaji’. Va a’uzu bika minal