www.ziyouz.com kutubxonasi
283
amalni Sendan so‘rayman. Allohim, muhabbatingni nafsimdan, ahlimdan va sovuq
suvdan ham menga mahbubroq qilgin.) Termiziy rivoyati.
1027/34. Sa’d ibn Abu Vakqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Katta baliqning qornida Rabbilariga iltijo qilgan Zinnunning (Yunus
alayhissalom) duolari
«La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn», edi. Biror musulmon kishi
mana shu kalimalar ila duo qilsa, ijobat etiladi», dedilar. (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh
yo‘q. Seni poklab yod eturman. Albatta men zolimlardan bo‘ldim.) Termiziy rivoyati.
1028/35. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
huzurlariga kelib, «Ey Allohning rasuli, qaysi duo afzal?» deganida, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Rabbingdan dunyo va oxiratda ofiyat va sog‘likni so‘ramog‘ing»,
dedilar. U kishi ikkinchi kuni ham kelib, «Ey Allohning rasuli, qaysi duo afzal?» deganida,
Rasululloh yana shuni aytdilar. So‘ngra uchinchi kuni ham kelganda, yana shu duoni
aytib, «Agar dunyo va oxiratda ofiyat berilsang, batahqiq najot topding», dedilar (ya’ni,
Allohumma inniy as’alukal ‘ofiyata val mu’ofota fid-dunya val oxira). Ibn Moja
rivoyatlari.
1029/36. Abbos ibn Abulmuttalibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, menga bir
narsa o‘rgatingki, men u bilan Allohdan so‘rayin», deganlarida, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Allohdan ofiyatni so‘ranglar», deb aytdilar. Bir necha kun turib,
so‘ngra borib, «Ey Allohning rasuli, menga bir narsa o‘rgatingki, men u bilan Allohdan
so‘rayin», desam, u zot, «Ey Abbos, ey Alloh rasulining amakisi, Allohdan dunyo va
oxiratda ofiyatni so‘ranglar», deb aytdilar. Termiziy rivoyatlari.
1030/37. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
juda ko‘p duolar bilan iltijo qilardilar-u, biz undan birortasini yodlab qola olmas edik.
Shunda men: «Ey Rasululloh, ko‘p duolar bilan iltijo qilasiz-u biz undan birortasini
yodlamaymiz», desam, u zot: «Ana shu duolarning barchasini o‘zida jamlaganiga dalolat
qilaymi? U
«Allohumma inniy as’aluka min xoyri ma sa'alaka minhu nabiyyuka Muhammadun
sollallohu alayhi vasallam va na’uzu bika min sharri masta’ozaka minhu nabiyyuka
Muhammadun sollallohu alayhi vasallam va antal musta’onu va ‘alaykal balag‘u vala
havla vala quvvata illa billah»dir, dedilar. (Ma’nosi: Allohim, nabiyying Muhammad
alayhissalom so‘ragan narsalarning yaxshisini Sendan so‘rayman. Va nabiyying
Muhammad alayhissalom panoh so‘ragan narsalarning yomonidan panoh so‘rayman. Va
Sen yordam so‘raluvchi zotsan. Yetuklik Sengadir. Allohdan boshqa o‘zgartiruvchi va
quvvat yo‘qdir.) Imom Termiziy rivoyatlari.
1031/38. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ya zal
jaloli val ikrom» kalimasini lozim tutinglar va ko‘paytiringlar», deb aytdilar (Ma’nosi: Ey
ulug‘lik va hurmat egasi.) Termiziy rivoyati.
Xuddi shu ma’nodagi hadis Nasaiy kitoblarida, Rabiy’a ibn Omirdan (r.a.) rivoyat
qilinadi. Hokim esa bu hadisning isnodi sahih, dedilar.