www.ziyouz.com
kutubxonasi
285
qozonishni va yordaming bilan do‘zaxdan najot topishni so‘rayman). Imom Hokim
«Mustadrak»larida rivoyat qilganlar. Muslimning shartlariga binoan sahihdir.
1035/42. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Voy gunohlarim, voy gunohlarim», deb ikki yoki uch
marta aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:
«Allohumma mag‘firatuka avsa’u min zunubiy va rohmatuka arja ‘indiy min ‘amaliy»,
deb ayt», dedilar. U bu duoni o‘qidi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
takrorla, dedilar. Bas, u takrorladi. So‘ngra yana takrorla, dedilar. Bas u yana takrorladi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tur, batahqiq mag‘firat qilinding»,
dedilar. (Ma’nosi: Allohim, mag‘firating gunohimdan kengroqdir. Rahmating huzurimdagi
amalimdan umidliroqdir.) Imom Hokim rivoyatlari.
1036/43. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta
«Ya arhamar rohimiyn» («Ey rahm qiluvchilarning rahmlisi»), deb aytadigan kishilarga
Alloh taoloning vakil qilingan farishtalari bordir. Kimki buni uch marta aytsa, farishtalar
u uchun «Rahm qiluvchilarning rahmlisi (Alloh), Senga yuzlandi, bas, Sen undan
so‘ragin, deyishadi». Imom Hokim rivoyatlari.
338-bob Duo odoblari haqida
Bilingki, fuqaholar, muhaddislar, jumhur ulamolar, salafu xalaf olimlarning barchasi duo
mustahabdir, deyishgan. Alloh taolo:
«Parvardigorlaringiz: «Menga duo, iltijo
qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman», dedi»
(G‘ofir
surasi, 60-oyat),
«Parvardigorlaringizga tazarru bilan ichingizda (maxfiy) iltijo
qilingiz»,
deb aytgan (A’rof surasi, 55-oyat).
Ammo bu haqdagi sahih hadislarning o‘zi mashhurdir. Zikr qilinmasa ham, o‘zi zohirdir.
Biz kifoya qiladigan miqdoricha zikr etdik.
Imom Abulqosim Qushayriyning risolalarida quyidagilar keltirilgan: «Kishilar duo afzalmi
yoki sukut qilib, rozi bo‘lishlikmi, degan fikrda ixtilof qilishgan. Kimdir yuqoridagi hadisga
muvofiq duo ibodatdir, chunki bunda Allohga ehtiyojmandlik izhor qilinadi, dedi. Boshqa
bir toifa hukm jarayoni ostida sukut qilib jim turish mukammalrokdir va qadar bo‘lgan
narsaga rizo bo‘lish a’loroqdir, deyishgan. Bir qavm esa duo sohibi tili bilan aytib, qalbi
bilan rozi bo‘lishi hammasini jamlashlikdir, degan».
Qushayriy: «Turli vaqtlarda aytmoq a’loroqdir. Ba’zi holatlarda sukutdan duo afzal. Va
yana qaysidir paytlarda duodan ko‘ra sukut afzaldir. Albatta u vaqt bilan bilinadi. Agar
qalbida duoga ishora bo‘lsa, afzalroqdir. Agar sukutga ishora topsa, sukut
mukammalroqdir. Agar unga musulmonlar nasibasi yoki Allohning unda hakqi bo‘ladigan
bo‘lsa, duo ibodat bo‘lgani uchun a’loroqdir. Agar nafsi uchun unda nasiba bo‘lsa, sukut
mukammalroqdir. Duoning shartlaridan biri luqma halol bo‘lishligidir. Yahyo ibn Muoz ar-
Roziy: «Men osiy bo‘la turib, Senga qanday duo qilay, Sen saxiy bo‘la turib, nechuk duo
qilmay?» deb aytganlar. Va yana duoning odoblaridan biri qalbni hozir qilishlikdir.
Inshaalloh, buning dalili kelgusi boblarda keladi. Ba’zilar duodan maqsad Alloh
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: |