Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
287
Allohga hamd va sanodan keyin Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga salovot aytib,
yana shular bilan xotima yasaydi.
Uninchisi: bu ijobat etilishiga sabab bo‘luvchi ahamiyatlisidir. Ya’ni, tavba qilish, zulmni
o‘z egasiga qaytarish va Alloh taologa yuzlanish.
Fasl:
G’azzoliy: «Agar qazo-qadar bitib qo‘yilgan bo‘lsa-yu, duoning foydasi nima?» deb
aytilsa, bunga javob quyidagichadir: «Bilingki, duo
bilan qaytarish qazoning
jumlasidandir. Duo baloni qaytarish va rahmatning bor bo‘lishiga sababdir. Xuddi qalqon
qurolni qaytarishga sabab bo‘lgani yoki suv yerdan o‘simlik
chiqarish uchun sabab
bo‘lgani kabidir. Shu singari qalqon nayzani daf qiladi, duo esa baloni daf qiladi. Silohni
ko‘tarmasdan qazo-qadarni e’tirof etish shart emasdir. Alloh taolo Niso surasining 102-
oyatida
Dostları ilə paylaş: