www.ziyouz.com kutubxonasi
298
1086. Yigirma beshinchi hadis. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Avvalgi payg‘ambarlar kalomidan topilgan narsa -
«Agar uyalmasang, xohlagan narsangni qil», deb aytilganidir», dedilar. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
1087. Yigirma oltinchi hadis. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamdan «Agar farz namozlarini o‘qisam, ramazon ro‘zasini tutsam,
halolni halol va haromni harom, desam, bularga biror narsani qo‘shmasam, jannatga
kiramanmi?» deganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», deb javob qildilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
1088. Yigirma yettinchi hadis. Sufyon ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey
Rasululloh, menga Islomdan bir so‘z aytingki, men sizdan boshqa biror kishidan u haqda
so‘ramayin», deganda, u zot: «Allohga imon keltirdim, deb aytib, so‘ngra istiqomatda
(ya’ni, sobitqadamlikda) bo‘l», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Ulamolarning aytishlaricha, bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarni
jamlovchi hadislari bo‘lib, Alloh taoloning quyidagi so‘ziga muvofiqdir: «Albatta:
«Parvardigorimiz Allohdir», deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri -
ustivor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib, (derlar):
«Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar» (Fussilat surasi, 30-oyat). Jumhur ulamolar
fikricha, bu oyat va hadisning ma’nosi - «Imon keltirib, Allohning toatida bardavom
bo‘lganlar»-dir.
1089. Yigirma sakkizinchi hadis. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilingan, Jabroil
alayhissalomning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan imon, Islom, ehson, Qiyomat
haqida so‘ragan savollari haqidagi Imom Muslim «Sahih»larida kelgan mashhur hadisdir.
1090. Yigirma to‘qqizinchi hadis. Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamning orqalarida edim. U zot: «Ey bolakay, senga bir kalima
o‘rgataymi? Allohga rioya qil, seni saqlaydi. Allohga rioya qil, yo‘nalishingni topasan.
Agar so‘rasang, Allohdan so‘ragin. Agar yordam tilasang ham, Allohdan tilagin. Bilginki,
agar ummat biror narsada senga yordam berishga jamlansa, faqatgina Alloh senga
(taqdir) qilib yozib qo‘ygan narsanigina yordam bera oladi, xolos. Agar ummat biror
narsada senga zarar berishga jamlansa, faqatgina Alloh senga (taqdir) qilib yozib
qo‘ygan narsanigina zarar bera oladi, xolos. Qalam ko‘tarilib, sahifalar qurib bo‘lgan»,
deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Termiziyning boshqa rivoyatlarida: «Allohga rioya qil, yo‘nalishingni topasan. Allohni
kengchilikda tanigin, seni qiyinchilikda taniydi. Bilginki, albatta xato qilmaganing to‘g‘ri
qilganing uchun emas. Va to‘g‘ri qilmaganing xato qilganing uchun emas. Bilginki,
albatta nusrat sabr bilan birga bo‘ladi. Shodlik aziyatlar bilan birga bo‘ladi. Va qiyinchilik
bilan yengillik bo‘ladi», deyilgan.
1091. Uttizinchi hadis. Shayximiz Hofiz Abulbaqo Xolid ibn Yusuf Nobilisiy Dimashqiydan,
u Abu Tolib Abdulloh, Abu Mansur Yunus, Abulqosim Husayn ibn Hibatulloh al-Misriy,
Abu Ya’lo Hamza va Abu Tohir Ismoildan, ular Hofiz Abulqosim Ali ibn Husayn, ya’ni Ibn
Asokirdan, u Dimashq xatibi Abul Qosim Ali ibn Ibrohim ibn Abbos al-Husayniydan, u
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Yahyo ibn Salvondan, u Abulqosim Fazl ibn Ja’fardan, u