www.ziyouz.com
kutubxonasi
299
Abu Bakr Abdurahmon ibn
Qosim ibn Faraj al-Hoshimiydan, u Abu Mishardan, u Said ibn
Abdulazizdan, u Rabiy’a ibn Yaziddan, u Abu Idris Xuvloniydan, u Abu Zarrdan (r.a.),
Abu Zarr Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamdan, u zot Jabroil alayhissalomdan, Jabroil
(a.s.) esa Alloh taolodan quyidagilarning xabar berdilar: «Alloh taolo: «Ey bandalarim,
Uzimga zulmni harom qildim va sizlarning oralaringizda ham uni harom qildim, bas,
zulm qilmanglar! Ey bandalarim, sizlar kechayu kunduz xato qilasizlar.
Men esa
ahamiyat bermasdan gunohlaringizni kechiraman. Bas, Menga istig‘for aytinglar,
gunohlaringizni kechaman. Ey bandalarim, barchangiz ochsiz, faqatgina Men
taomlantirganlargina unday emas. Bas, Mendan
taom talab qilinglar, sizlarni
taomlantiraman. Ey bandalarim, barchangiz yalong‘ochsiz, faqatgina Men
kiyintirganlargina bunday emas. Kiyinishni Mendan talab qilinglar,
Men sizlarni
kiyintiraman. Ey bandalarim, agar avvallaringizu oxirlaringiz, insu jinlar fojir qalbli kishi
bo‘lishsa, mulkimdan biror narsa kamayib qolmaydi. Ey bandalarim,
agar avvallaringizu
oxirlaringiz, insu jinlar taqvoli qalb kishilari bo‘lishsa, mulkimda biror narsa ziyoda bo‘lib
qolmaydi. Bandalarim, agar avvallaringizu oxirlaringiz, insu jinlar bir tepalikda turib
Mendan so‘rashsa, Men har bir kishi so‘ragan narsasini bersam,
mulkimdan biror narsa
kamaymaydi. Faqatgina dengizga ninani bir marta tiqib olgandagi kamayganchalik
ozayadi, xolos. Ey bandalarim, u sizlarning amalingizdir. Men uni sizlarga saqlab
beraman. Kimki yaxshisini topsa, Alloh azza va jallaga hamd aytsin.
Kimki bundan
boshqasini topsa, faqatgina o‘zini malomat qilsin», dedi».
Abu Misharning aytishlaricha, Said ibn Abdulaziz: «Abu Idris agar mana shu hadisni
gapirsalar, tiz cho‘kib o‘ltirardilar», deganlar.
Bu sahih hadis bo‘lib, uni biz «Sahihi Muslim» va boshqalarda rivoyat qildik. Buning
isnodi mendan boshlanib, Abu Zarrgacha - barchalari dimashqlikdir. Abu
Zarr ham
Dimashkqa kirganlar.
Bu hadisda bir qancha foydalar jamlangandir. Ulardan isnodi va matnining sahih bo‘lishi
va oliy bo‘lishi, silsilasi dimashkdiklarga borib taqalishi hamda buning barakali
bo‘lishligidir. Va yana bundan tashqari din usullari, furu’lari va odoblarini hamda qalb
latofatliligini o‘z ichiga oluvchi ulkan qoida hamdir.
Imom Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal (r.a.): «Shom ahliga mana shu hadisdan ko‘ra
sharafliroq hadis yo‘qdir», deganlar.
Allohning yordami ila «Al-Azkor» kitobi shu yerda nihoyasiga yetdi. Alloh taolo
duolarimizni qabul va
zikrlarimizni maqbul aylasin, O'zining hidoyat yo‘lidan
adashtirmasin! Omiyn!
Onlineda o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.0
Forum uchun Doniyor tayyorladi.
www.ziyouz.com
2007