Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
34
Senga emas. Men esa, Sening noming ila Senga qaytaman. Sen barakotli va oliysan.
Senga istig’for aytaman va Senga tavba qilaman.) Muslim rivoyatlari
Muhaddislar, fuqaholar, sahobalar, tobe’inlar va ulardan
keyin kelgan musulmon
ulamolar barchalari, yaxshilik, yomonlik va foyda, zararning hammasi Allohning hohishi
va taqdiri bilan bo’lishiga ittifoq qilishgan.Shuning uchun duodagi «yomonlik esa, Senga
emas» degan iborani bir oz ta’vil qilishga to’g’ri keladi. Ulamolarimiz javoblari qu-
yidagicha bo’lgan.
Nazr ibn Shumayl, yomonlik Senga yaqin bo’lmaydi, deganlar.
Ikkinchilari, yomonlik Senga ko’tarilmaydi, senga faqat yaxshi so’zlar ko’tariladi,
deganlar. Uchinchilari, odob jihatidan Unga nisbat qilinmaydi, ya’ni, haqiqatda
cho’chqani yaratgan bo’lsa ham, ey cho’chqani yaratuvchi, deyilmay-di-ku? To’rtinchilari
esa, Sening hikmatingda yomonlikka nisbat beriladigan narsa yo’qdir, chunki Sen biror
narsani behuda yaratmaysan, deyilgan.
Takbiri tahrimadan keyin quyidagi duoni o’qisa ham bo’ladi:
«Allohumma ba’id bayniy va bayna xotoyaya kama ba’adta baynal mashriqi val mag’rib.
Allohumma naqqiniy min xotoyaya kama yunaqqis savbul abyazu minad-danasi,
Allohumma ag’silniy min xotoyaya bis-salji val-mai val-barod». (Ma’nosi:
Ey Rabbim,
men bilan xatolarim orasini mashriq bilan mag’ribning orasini uzoq qilganingchalik uzoq
qil. Ey Rabbim, oq kiyimni kirlardan tozalaganingdek, meni xatolarimdan tozala. Ey
Rabbim, mening xatolarimni qor, suv va do’llar bilan yuv.)
101/1. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
namozni boshlasalar:
«Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la ilaha
g’oyruk», der edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga
hamd aytish bilan Seni aybu
nuqsonlardan poklayman. Sening isming muborakdir. Azamating oliydir. Sendan boshqa
iloh yo’qdir.)
Bu hadisni «Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan va zaif deyishgan. Lekin Umar ibn
Xattobdan (r.a.) rivoyat qilingan xuddi shu lafzdagi hadisni sahih, deb aytishgan.
(Bizning Imomi A’zam (r.a.) mazhablarida mana shu duoni o’qiladi.-- Tarjimon.)
102/2. Ali (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga kirsalar:
«La ilaha illa anta subhanaka zolamtu nafsiy va ‘amiltu su’an fag’firliy, innahu la
yag’firuz zunuba illa anta, vajjahtu vajhiy»ni oxirigacha o’qir edilar». Bayhaqiy
rivoyatlari
Bu
hadis zaifdir, chunki Alidan rivoyat qilgan roviy Horis al-A’varni yolg’onchi ekaniga
ittifoq qilingan. Sha’biy, Horis yolg’onchi edi, deb aytgan.
Dostları ilə paylaş: