Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
«Agar Qur’on o’qisang, la’nati shaytondan Allohning (nomi) ila panoh tila»
,
deyilgan.
Bu oyatdan ixtiyor qilingan narsa «A’uzu billahi minash shaytonir rojiym»ni aytishdir.
Ba’zilar, bundan «A’uzu billahis samiy’ul ‘aliym minash shaytonir rojiym»ni aytish qasd
qilingan, deyishgan.
Lekin avvalgi lafz bilan aytish mashhurdir.
37-bob. «A’uzu»dan keyingi qiroat
Namozda qiroat qilish farzdir. Uning o’rnini boshqasi bosmaydi. Bunga quyidagi sahih
hadis dalil: Rasululloh alayhissalom: «Fotiha surasi o’qilmagan namoz hisobga
o’tmaydi», dedilar. Ibn Huzayma
va Ibn Hibbon rivoyatlari
Yana: «Namoz Fotiha surasi bilangina namozdir», deb aytganlar
Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
104/1. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) rivoyat qiladilar: «Bir kechasi Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam bilan birga namoz o’qidim. U zot Baqara surasini boshladilar. Yuz oyatda
ruku’
qilsalar kerak, deb o’yladim. Ammo namozda davom etdilar. Hammasini o’qib
bo’lib, ruku’ qilsalar kerak, deb o’yladim. Ammo namozda davom etdilar. So’ng Oli
Imron surasini boshladilar. Keyin Niso surasini shu taxlit o’qidilar. Ohista va shoshilmay
qiroat qildilar. Biror oyatni o’qiyotganlarida tasbih kelsa, tasbih aytdilar, so’raladigan
narsa kelsa, so’radilar,
panoh tilaydigan oyat kelsa, panoh tiladilar». Imom Muslim
rivoyatlari
Sohiblarimiz aytishadi: «Imomga, ergashuvchiga, yolg’iz o’qiyotgan
kishiga namozda
yoki boshqa narsada tasbih aytish, so’rash, panoh tilash oyatlari kelganida,
ana shularni
qilish mustahabdir. Shuningdek, Vat-tiyn surasining
Dostları ilə paylaş: