www.ziyouz.com kutubxonasi
39
123/6. Oisha (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Bir kuni Rasulullohni topolmay qoldim.
Axtarib borsam, ruku’ (yoki sajda) qilayotgan ekanlar. Unda:
«Subhanaka va bihamdika la ilaha illa anta»ni aytayotgan edilar. (Ma’nosi: Senga hamd
aytish bilan Seni poklayman. Sendan boshqa iloh yo’q.) Muslim rivoyatlari
Muslimning boshqa bir rivoyatlarida Oisha onamiz aytadilar: «Mening qo’lim Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamning oyoqlariga tegib ketdi. U zot oyoqlarini uzatib, sajdada
turganlarida:
«Allohumma a’uzu bika birizoka min saxotika va bimu’afatika min ‘uqubatika va a’uzu
bika minka, la axsiy sanaan ‘alayk, anta kama asnayta ‘ala nafsik»ni o’qiyotgan edilar».
(Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening roziliging bilan g’azabingdan, ofiyating bilan uqubatingdan
panoh tilayman. Sening noming ila Sendan panoh tilayman (ya’ni g’azabingdan). Men
Senga Sen o’zingga sano aytganing kabi ko’p sano ayta olmayman.)
124/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ruku’da Allohni ulug’langlar, sajdada duoni ko’paytiringlar, chunki (sajdadagi duo)
ijobat bo’lishga loyiqdir», dedilar. Muslim rivoyatlari
125/8. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bandaning
Rabbiga eng yaqin bo’ladigan payti sajdada turganidadir. Unda (sajdada) duoni
ko’paytiringlar», dedilar». Muslim rivoyatlari
126/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
sajdalarida:
«Allohummag’firliy zambiy kullahu, diqqohu va jillahu va avvalahu va axirohu va
‘alaniyatahu va sirroh»ni aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, gunohlarimning hammasini,
ozini va ko’pini, avvalgisi va oxirgisini, ochiqchasini va maxfiyini kechir.) Muslim
rivoyatlari
Agar imkoni bo’lsa, yuqoridagi zikr qilgan duolarimizning hammasini jamlab, bitta
sajdada o’qish mustahabdir. Ammo imkoni bo’lmasa, uch marta «Subhana robbiyal
a’la», desa kifoya qiladi.
Fasl: Tilovat sajdasini qilganda, namoz sajdasining duolari o’qilaveradi. Ularga
qo’shimcha quyidagi duoni o’qish mustahabdir:
«Allohummaj’alha liy ‘indaka zuxron va a’zim liy biha ajron va zo’ ‘anniy biha vizron va
taqobbalha minniy kama taqobbaltaha min Davuda ‘alayhissalam». (Ma’nosi: Ey
Rabbim, uni menga huzuringda zaxira qil, u sababli ajrimni ko’paytir, u tufayli
gunohlarni mendan ketkaz, Dovud alayhissalomdan qabul qilganingdek, mendan ham
qabul et.)
127/10. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur’on sajdasida:
«Sajada vajhiy lillaziy xolaqohu va shaqqo sam’ahu va basorohu bihavlihi va quvvatih»,
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
40
der edilar. (Ma’nosi: «Yuzimni yaratgan va unda kuch-quvvati bilan ko’z-quloqni ochgan
Zotga yuzim sajda qildi.) Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy rivoyatlari