41-bob. Sajdadan boshini ko’targanda va ikki sajda orasida o’qiladigan duolar 128/1. Huzayfa (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tungi
namozda qiyomni uzun qilib, Baqara, Niso, Oli Imron suralarini o’qirdilar. Ruku’lari va
sajdalari qiyom miqdoricha bo’lar edi. Ikki sajda o’rtasida:
«Robbig’firliy, robbig’firliy» (Rabbim, meni mag’firat et), der va orada sajda miqdoricha
o’tirar edilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Bayhaqiylar rivoyati
129/2. Ibn Abbos (r.a.) xolalari Maymuna (r.a.) uylarida yotib qolganlarida,
Rasulullohning tungi namozlari haqida ko’rganlarini quyidagicha rivoyat qiladilar:
«Rasululloh sajdadan boshlarini ko’tarsalar:
«Robbig’firliy varhamniy vajburniy varfa’niy varzuqniy vahdiniy va ‘afiniy», deb aytar
edilar». (Ma’nosi: Ey Rabbim, gunohlarimni kechir, menga rahm qil, menga yordam ber,
meni oliy martabalarga ko’tar, menga rizq ber, meni hidoyatda va ofiyatda qil.)
Bayhaqiy va Abu Dovud rivoyatlari
42-bob. Ikkinchi rak’atdagi zikrlar Birinchi rak’atda nimalar o’qilgan bo’lsa, ikkinchi rak’atda ham shular aytiladi. Faqat
takbiri tahrima, sano va a’uzu aytilmaydi. Va ikkinchi rak’atdagi qiroat avvalgisiga
qaraganda qisqaroq bo’ladi.
43-bob. Vitrdagi qunut duosi Vitr namozida qunut duosini o’qish vojibdir.
130/1. «Allohumma inna nasta’iynuka va nastahdiyka va nastag’firuka va natubu ilayka
va nu`minu bika va natavakkalu ‘alayka va nusniy ‘alaykal xoyro kullah, nashkuruka va
la nakfuruka va naxla’u va natruku may yafjuruk. Allohumma iyyaka na’budu va laka
nusolliy va nasjudu va ilayka nas’a va nahfidu narju rohmataka va naxsha ‘azabaka inna
‘azabakal jidda bilkuffari mulhiq» (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening yordam berishingni,
hidoyat qilishingni, gunohlarni kechishingni so’rayman. Senga tavba qildim, iymon
keltirdim va Senga suyandim. Yaxshiliklarning barchasi bilan Seni sifatlaymiz. Senga
shukr qilamiz, noshukrlik qilmaymiz. Senga fojirlik qilganlardan chetlashamiz. Ey
Rabbim, Senga ibodat, namoz, sajda etamiz. Va Sening yo’lingda sa’y-harakat qilib,
rahmatingni umid qilamiz. Azobingdan qo’rqamiz. Albatta, haq azobing kofirlarga ro’para
qilinuvchidir.) Ibn Abu Shayba rivoyatlari
131/2. Hasan ibn Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh alayhicsalom menga bir qancha
kalimalarni o’rgatdilar. Ularni men vitrda aytaman.