Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
41
«Allohummahdiniy fiyman hadayta va ‘afiniy fiyman ‘afayta va tavallaniy fiyman 
tavallayta va barik liy fiyma a’toyta va qiniy sharro ma qozoyta fainnaka taqziy va la 
yuqzo ‘alayka va innahu la yazillu man valayta tabarokta robbana va ta’alayt». (Ma’nosi: 
Ey Rabbim, hidoyat qilgan kishilaring qatori meni hidoyat qil, ofiyatda qilgan 
kishilaringdek meni ofiyatda qil, yordam bergan kishilaringdek menga ham yordam ber. 
Bergan narsalaringni menga barakali qil. Hukm qilgan narsalaringning yomonidan saqla. 
Sen hukm qiluvchisan. Senga hukm qilinmaydi. Senga do’st bo’lgan kishilar aslo xor 
bo’lmaydi. Ey Rabbim, Sen barakotli va oliy zotsan.) Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Ibn 
Moja, Bayhaqiylar rivoyati 
Ba’zilar Umar ibn Xattob (r.a.) rivoyatlarida kelgan quyidagi duoni o’qishni yaxshiroq 
deyishadi: 
«Allohumma inna nasta’iynuka va nastag’firuka va la nakfuruk va nu`minu bika va 
naxla’u may yafjuruk. Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka 
nas’a va nahfidu narju rohmataka va naxsha ‘azabaka inna ‘azabakal jidda bilkuffari 
mulhiq. Allohumma ‘azzibil kafarotallaziyna yasudduna ‘an sabiylika va yukazzibuna 
rosulaka va yuqotiluna avliyaak. Allohummag’fir lilmu`miniyna val mu`minat val 
muslimiyna val muslimat vaslih zata baynihim va allif bayna qulubihim vaj’al fiy 
qulubihimul iymana val hikmata va sabbithum ‘ala millati Rosulillah sollallohu alayhi 
vasallam va avzi’hum ay yufu bi’ahdikallaziy a’hadtahum ‘alayhi vansurhum ‘ala 
‘aduvvika va ‘aduvvihim ilahal haqqi vaj’alna minhum». (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan 
yordam so’raymiz va Senga istig’for aytamiz, kufr keltirmaymiz, Senga iymon keltirib
Senga fojirlik qiladiganlardan chetlanamiz. Ey Allohim, Senga sajda qilib, namoz o’qib, 
ibodat qilamiz. Harakat etib, Senga intilamiz. Rahmatingni umid qilamiz, azobingdan 
qo’rqamiz. Albatta, haqiqiy azobing kofirlarga ro’para qilinuvchidir. Ey Allohim, Sening 
yo’lingdan to’sadigan, rasullaringni yolg’onchiga chiqaradigan va do’stlaringni 
o’ldiradigan kofirlarni azobla. Ey Rabbim, mo’min-musulmon erkaklarning va mo’mina-
muslima ayollarning gunohlarini kechir. Ularning oralarini isloh etib, qalblarini ulfat qil, 
qalblariga iymon va hikmat urug’larini soch. Ularni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
millatlarida sobitqadam qil va ahdlashgan narsalarida Sening ahding bilan vafo qilishni 
ularga nasib et. O’zingning va ularning dushmanlariga qarshi ularga yordam ber. Ey haq 
Iloh, bizni ulardan (ya’ni, nusrat berilganlardan) qil.) 
Imom namozda bu duolarni o’qiyotganida, faqat o’ziga xoslab emas, balki jamoat uchun 
qiladi. Rasululloh alayhissalom quyidagi hadislarida shunday qilishga buyurganlar. 
132/3. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Qavmga imom 
bo’lgan kishi duoda o’zini xoslab olmasin. Agar shundoq qiladigan bo’lsa, 
jamoatdagilarga xiyonat qilibdi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari 
(Masalan, imom «gunohlarimni kechir», demasdan, «gunohlarimizni kechir», deb ko’plik 
lafzida aytadi. – Tarjimon.) 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin