www.ziyouz.com kutubxonasi
44
Ibrohim alayhissalomni olamlarda barakotli qilganingdek. Albatta Sen maqtovga loyiq
ulug’ zotsan.)
46-bob. Oxirgi tashahhuddan keyin o’qiladigan duo Tashahhuddan keyin duo qilish hech bir ixtilofsiz joiz ishdir.
141/1. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qiladilar: Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.):
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga tashahhudni o’rgatib, undan keyin
xohlagan duoni o’qishni aytdilar», deydilar. Imom Muslim rivoyatlarida: «U zot xohlagan
narsalarini so’rardilar», deb aytilgan.
142/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Agar birortangiz oxirgi tashahhudni o’qib bo’lsa, to’rtta narsadan panoh so’rasin:
jahannam azobidan, qabr azobidan, hayot va o’lim fitnasidan, Masiyh Dajjolning
yomonligidan», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari
Imom Muslimning boshqa bir rivoyatlarida: «Agar birortangiz tashahhudda bo’lsa, to’rt
narsadan panoh tilab aytsin:
«Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabi jahannama va min ‘azabil qobri va min fitnatil
mahya val mamat va min sharri fitnatil masiyhid dajjal».
143/3. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda
quyidagicha duo qilar edilar:
«Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabil qobri va a’uzu bika min fitnatil masiyhid dajjal
va a’uzu bika min fitnatil mahya val mamat. Allohumma inniy a’uzu bika minal ma`sami
val mag’rom». (Ma’nosi: Allohim, qabr azobidan, Masih Dajjolning fitnasidan, tiriklik va
o’lim fitnasidan, gunohkor va qarzdor bo’lishdan panoh tilayman.) Buxoriy va Muslim
rivoyatlari
144/4. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga
tursalar, tashahhud bilan salomning orasida (ya’ni, salovotdan keyin):
«Allohummag’firliy ma qoddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a’lantu va ma
asroftu va ma anta a’lamu bihi minniy, antal muqoddim va antal muaxxir, la ilaha illa
anta»ni o’qir edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, oldingiyu keyingi, oshkorayu maxfiy va
isrofgarchilik bilan qilgan gunohlarimni va mendagi o’zing bilgan gunohlarimni kechir.
Albatta, Sen avvalgi va oxirgidirsan, Sendan boshqa iloh yo’q.) Muslim rivoyatlari
145/5. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qiladilar. U zot
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan namozda o’qib yurishlari uchun bir duo
o’rgatishlarini so’radilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakrga:
«Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron va la yag’firuz zunuba illa anta
fag’firliy mag’firatan min ‘indika varhamniy innaka antal g’ofurur rohiym», deb ayting»,
dedilar. (Ma’nosi: Allohim, men nafsimga ko’p zulm qildim. Gunohlarni Sendan boshqa