www.ziyouz.com kutubxonasi
45
hech kim kechira olmaydi. O’zingning huzuringdan bo’lgan mag’firat ila gunohlarimni
kechir va menga rahm qil. Albatta, Sen kechirguvchi hamda rahmli zotsan.) Buxoriy va
Muslim rivoyatlari
146/6. Abu Solih Zakvondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
bir kishiga: «Namozda qanday duo qilasan?» deb so’radilar. Haligi kishi: «Tashahhud
o’qiyman va:
«Allohumma inniy as`alukal jannata va a’uzu bika minannar» (Ey Rabbim, Sendan
jannatni so’rayman va do’zaxdan panoh tilayman), deb aytaman. Ammo siz
so’raganingizdek va panoh tilaganingizdek go’zal qilolmayman», dedi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Shunga yaqin qilib so’ra», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari
Har bir o’rinda «Allohumma inniy as`alukal ‘afva val ‘afiyah. Allohumma inniy as`alukal
huda vattuqo val ‘ifafa val g’ina», deb aytish mustahab amaldir. (Ma’nosi: Ey Allohim,
Sendan afv va ofiyatni so’rayman. Ey Allohim, Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylikni
so’rayman.)
47-bob. Namozdan salom bilan chiqish Namozdan salom bilan chiqish uning asosiy ruknlaridan biri, farzlaridan bir farzdir.
Uningsiz namoz namozga o’tmaydi. (Bizning mazhabimizda salom bilan chiqish vojib
sanaladi. – Tarjimon.) O’ng tomonga burilganda ham, chap tomonga burilganda ham
«Assalamu ‘alaykum va rohmatulloh», deb aytadi. Ammo «va barokatuh»ni qo’shmaydi.
48-bob. Kishi namozda turganida bir odam gapirsa, unga nima deydi? 147/1. Sahl ibn Sa’d Soidiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kimning namozida biror hodisa yuz bersa:
«Subhanalloh», deb aytsin», dedilar. Boshqa bir rivoyatda: «Agar biror ish sodir bo’lsa,
erkaklar tasbih aytsin, ayollar qarsak chalsin», deyilgan. Yana boshqa bir rivoyatda:
«Tasbih erkaklar uchun, qarsak ayollar uchun», deyiladi. Buxoriy va Muslim rivoyatlari