49-bob. Namozdan keyingi zikrlar
148/1. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalomdan: «Qaysi duo
yaxshi eshitiladi?» deb so’rashdi, u zot: «Kechaning oxirgi qismi va farz namozlari
so’ngida qilingan duo», deb javob berdilar. Imom Termiziy rivoyatlari
149/2. «Sahihayn»da keltirilgan hadisda Ibn Abbos (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam namozlarini takbir bilan tugatganlarini bilaman», deb xabar berganlar. U zot
boshqa bir rivoyatda yana aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida
odamlar farz namozidan qaytayotib, ovozlarini baland qilib, takbir aytishar edi». Buxoriy
va Muslim rivoyatlari
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
46
150/3. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni
tugatsalar, uch marta «Astag’firulloh», deb so’ngra:
«Allohumma antas salam va minkas salam, tabarokta ya zal jalali val ikrom», deb aytar
edilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, Sen salomsan va salom Sendandir. Ey ulug’ va hurmatli
zot, Sen barakotlisan.) Muslim rivoyatlari
151/4. Mug’iyra ibn Sho’’ba (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
namozdan forig’ bo’lsalar:
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala
kulli shay`in qumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal
jaddi minkal jadd»ni o’qir edilar. (Ma’nosi: «Allohdan o’zga iloh yo’q, Uning sherigi ham
yo’q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har narsaga qodirdir. Ey Rabbim, Sen
bergan narsani ma’n qiluvchi yo’q. Va Sen ma’n qilgan narsani beruvchi yo’q. Buyuklik
Sendandir, boshqaning buyukligi foyda bermaydi.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
152/5. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har namoz
ketidan tahlil aytar edilar», deydilar. O’zlari ham har namoz ketidan:
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli
shay`in qodiyr. La havla va la quvvata illa billah, la ilaha illallohu va la na’budu illa
iyyah, lahun ni’matu val fazlu va lahus sanaul hasan, la ilaha illallohu muxlisiyna lahud
diyna va lav karihal kafirun», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Yakka Allohdan boshqa iloh
yo’q. Uning sherigi ham yo’q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har bir ishga
qodirdir. Allohdan boshqada o’zgartirish va quvvat yo’q. Allohdan boshqa iloh yo’q.
Ungagina ibodat qilamiz. Ne’mat, fazl, chiroyli sano U uchundir. Allohdan boshqa iloh
yo’q. U uchun din xolis qilinadi, garchi kofirlar karih ko’rsalar ham.) Muslim rivoyatlari
153/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
huzurlariga kambag’al muhojirlar kelib: «Badavlat kishilar oliy darajalarga ko’tarilib,
ne’matda bizdan o’zib ketishdi. Ular biz namoz o’qigandek namoz o’qiydilar, biz ro’za
tutgandek ro’za tutadilar, shularning ustiga, mollarini sarflab, haj, umra, sadaqa hamda
jihod qiladilar», deb aytishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga bir
narsa o’rgataymi? U bilan sizlardan o’zib ketganlarga yetib olasiz va keyingilardan o’zib
ketasizlar, biror kishi sizlardan afzal bo’lolmaydi. Faqat sizlar qilgan amalni qilsa, afzal
bo’ladi», dedilar. Sahobalar: «O’rgating, ey Rasululloh», deyishdi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Har bir namozning ortidan o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu
lillah, Allohu akbar», deb aytinglar», deb buyurdilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
154/7. Ka’b ibn Ujradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim har bir farz namoz so’ngida o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah,
Allohu akbar», tasbihlarini aytsa kambag’al bo’lmaydi», dedilar. Muslim rivoyatlari
155/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim har bir
namoz so’ngida o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deb
yuzinchisini
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: |