Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
49
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu yuhyi va yumiytu
va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb o’n marta aytsa, u kishiga o’nta yaxshilik yozilib,
o’nta yomonlik o’chiriladi va o’nta darajaga ko’tariladi. Shu kunida yomon ko’rgan
narsasidan saqlanadi. Shayton unga yaqinlasha olmaydi. Va shu kuni birorta ham gunoh
qilishga yo’liqmaydi. Faqat Allohga shirk bundan mustasno». Imom Termiziy rivoyatlari
167/3. Muslim ibn Horis Tamimiyga (r.a.) Rasululloh alayhissalom shivirlab: «Shom
namozini o’qib bo’lsang,
«Allohumma ajirni minan nar» (Allohim, menga do’zaxdan najot ber), deb yetti marta
ayt. Shuni aytgan kechangda vafot etsang, senga do’zaxdan omonlik yoziladi. Agar ana
uni bomdod namozida aytsang va shu kuni vafot etsang, senga do’zaxdan omonlik
yoziladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari
168/4. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam subh namozida:
«Allohumma inniy as`aluka ‘ilman nafi’an va ‘amalan mutaqobbalan va rizqon
toyyiban», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Allohim, Sendan foydali ilm, qabul bo’luvchi
amal, pok rizq so’rayman.) Imom Ahmad, Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari
169/5. Suhayb (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bomdod
namozidan keyin ikki lablarini qimirlatar edilar. Men: «Ey Rasululloh, bu aytayotgan
narsangiz nima?» deb so’radim. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma bika uhavilu va bika usovilu va bika uqotilu», deb aytyapman», dedilar».
(Ma’nosi: Allohim, Sening noming bilan harakat qilaman, Sening noming bilan g’olib
bo’laman va Sening noming bilan urush qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Abu Muhammad Bag’aviy «Sharhi sunan»da quyidagilarni keltirganlar. Alqama ibn Qays:
«Bizga yetib kelishicha, subh namozidan keyin olim kishi uxlasa, Alloh taologa yer uning
ustidan arz qiladi», deb aytdilar.
Dostları ilə paylaş: