www.ziyouz.com kutubxonasi
52
shohidni biluvchi Rabbim, Sen har bir narsaning parvardigori va podshohidirsan.
Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo’q. Nafsimning yomonligidan va shaytonning
yomonligiyu hiylasidan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziy
rivoyatlari
178/9. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir necha sahoba: «Ey Rasululloh,
bizga bir kalimani o’rgatingki, biz uni ertalab va kechqurun hamda to’shagimizga
yotganimizda aytib yuraylik», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuqoridagi
duoni aytib, unga:
«va an naqtarifa su`an ‘ala anfusina av najurrohu ila muslim»ni qo’shib qo’ydilar.
(Ma’nosi: Nafsimizga yomonlik bo’lishidan va musulmonning ham yomonlikka giriftor
bo’lishidan panoh tilaymiz.) Abu Dovud rivoyatlari
179/10. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Biror bir banda har tongda va tunda:
«Bismillahillaziy la yazurru ma’asmihi shay`un fil arzi va la fis samai va huvas samiy’ul
‘aliym», deb uch marta aytsa, unga biror narsa zarar bermaydi», dedilar. (Ma’nosi:
Shunday Allohning ismi bilan boshlaymanki, Uning ismi tufayli yeru osmonda biror narsa
zarar bera olmaydi. U eshituvchi va biluvchi Zotdir.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
180/11. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim
kech kirgan paytda:
«Roziytu billahi robban va bil Islami diynan va bi Muhammadin sollallohu ‘alayhi
vasallama nabiyya», desa, Alloh uni rozi qilishi (berajak ne’matlari bilan) haqiqat
bo’ladi», dedilar.
Bu hadisni Termiziy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. Lekin Abu Dovud va Nasoiylar
Rasulullohga xizmat qilgan bir kishidan keltirgan boshqa rivoyat esa sahihdir. (Ma’nosi:
Allohni rabbim, Islomni dinim, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg’ambar deb
rozi bo’ldim.)
181/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tong
otganida yoki kech kirganida:
«Allohumma inniy asbahtu ushhiduka va ushhidu hamalata ‘arshika va malaikataka va
jamiy’a xolqik, annaka anta la ilaha illa anta va anna Muhammadan ‘abduka va
rosuluk», deb aytsa, Alloh taolo tanasining to’rtdan birini do’zaxdan xalos qiladi. Kim
shuni ikki marta aytsa, Alloh taolo uning yarmini do’zaxdan xalos qiladi. Kim uch marta
aytsa, Alloh taolo uning to’rtdan uch qismini do’zaxdan xalos etadi. Kim to’rt marta
aytsa, Alloh taolo uni butunlay do’zaxdan xalos qiladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim,
albatta, men tong ottirdim. Seni va arshingni ko’taruvchi farishtalaringni va hamma xalq
qilgan narsalaringni guvoh qilib aytamanki, Sendan boshqa iloh yo’q, Muhammad
sollallohu alayhi vasallam Sening bandang va rasulingdir.) Abu Dovud rivoyatlari
182/13. Abdulloh ibn o‘annomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim tong otganida: