www.ziyouz.com kutubxonasi
53
«Allohumma ma asbaha biy min ni’matin faminka vahdaka la shariyka lak, lakal hamdu
va lakash shukr», desa, kunduzning shukrini ado qilibdi. Kim shu duoni kech kirganida
aytsa, kechaning shukrini ado etibdi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, men bilan tong
ottirgan ne’matlar Sen tomondandir. Sen yakkayu yolg’izdirsan, Sening sheriging yo’q.
Senga hamd va shukrlar bo’lsin.) Abu Dovud rivoyatlari
183/14. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagi
duolarni kech kirganida va tong otganida hech tark qilmas edilar:
«Allohumma inniy as`alukal ‘afiyata fiddunya val axiroh. Allohumma inniy as`alukal
‘afva val ‘afiyata fiy diyniy va dunyaya va ahliy va maliy. Allohummastur ‘avrotiy va
amin rav’atiy. Allohummahfazniy min bayni yadayya va min xolfiy va ‘an yamiyniy va
‘an shimaliy va min favqiy va a’uzu bi’azomatika an ug’tala min tahtiy». (Ma’nosi:
Allohim, men Sendan dunyo va oxiratda ofiyat so’rayman. Ey Rabbim, dinimda va
dunyoimda, ahlimda va molimda afv va ofiyat so’rayman. Ey Rabbim, avratimni bekit,
xavflarimni omonlikka aylantir. Ey Allohim, meni oldimdan, orqamdan, o’ng
tomonimdan, chap tomonimdan, ustimdan saqlagin. Ey Rabbim, ostimdan halok
qilishingdan Sening azamating ila panoh tilayman.) Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojalar
rivoyati.
184/15. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga
yotayotganlarida:
«Allohumma inniy a’uzu bivajhikal kariym va bikalimatikat tammati min sharri ma anta
axizum binasiyatih. Allohumma anta takshiful mag’roma val ma`sama. Allohumma la
yuhzamu junduka va la yuxlafu va’duka va la yanfa’u zaljaddi minkal jadd, subhanaka
va bihamdik», der edilar. (Ma’nosi: Allohim, karim yuzing ila barcha kalimalaringni
o’rtaga qo’yib, peshonasidan ushlashingga sabab bo’luvchi yomonlikdan panoh tilayman.
Ey Rabbim, Sen xasorat va gunohlarni fosh qiluvchisan. Ey Rabbim, Sening askarlaring
aslo yengilmasdir. Sening va’dang xilof qilinmas. Sening buyukliging oldida boshqa
ulug’lik foyda bermas. Senga hamd aytish ila Seni poklayman.) Abu Dovud va Nasoiylar
rivoyati
185/16. Abu Ayyoshdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim tong
otganida:
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli
shay`in qodiyr», desa, Ismoil alayhisalom bolalaridan qulni ozod qilgan barobarida
bo’ladi va unga o’nta yaxshilik yozilib, o’nta yomonligi o’chiriladi hamda darajasi o’n
barobar ko’tariladi, kech kirgunicha shaytondan himoya qilinadi. Agar shu kalimalarni
kech kirganida aytsa, tonggacha shaytondan himoyada bo’ladi», dedilar. (Ma’nosi
yuqorida o’tdi.) Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari
186/17. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Sizlardan biringiz tong otganida:
«Asbahna va asbahal mulku lillahi robbil ‘alamiyn. Allohumma as`aluka xoyra hazal
yavmi fathahu va nasrohu va nurohu va barokatahu va hudahu va a’uzu bika min sharri