Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
55
va kech kirsa:
«Allohumma inniy a’uzu bika minal hammi val hazani va a’uzu bika minal ‘ajzi val kasali 
va a’uzu bika minal jubni val buxli va a’uzu bika min g’olabatid dayni va qohrir rijal»ni 
ayt» (Allohim, Sening noming ila g’am-tashvishdan, ojizlik va dangasalikdan, qo’rqoqlik 
va baxillikdan, qarz ezib qo’yishi va kishilarning qahridan panoh tilayman), deb 
buyurdilar. Abu Umoma: «So’ng Nabiy sollallohu alayhi vasallamning aytganlariga amal 
qildim. Alloh mening g’am-g’ussamni ketkazib, qarzdan xalos etdi», deb aytadilar». Abu 
Dovud rivoyatlari 
191/22. Abdulloh ibn Abzodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam tong ottirsalar:
«Asbahna ‘ala fitratil Islam va kalimatil ixlasi va diyni nabiyyina Muhammadin sollallohu 
alayhi vasallam va millati Ibrohiyma haniyfam musliman va ma ana minal mushrikiyn», 
deb aytar edilar. (Ma’nosi: Mushrik bo’lmasdan, musulmon holimizda va to’g’ri yo’lda 
bo’lgan Ibrohim alayhissalomning millatlarida, payg’ambarimiz Muhammad 
alayhissalomning dinlarida, ixlos kalimasi va Islom fitratida tong ottirdik.) Ibn Sunniy 
rivoyatlari 
192/23. Abdulloh ibn Avfo (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong 
otganida:
«Asbahna va asbahal mulku lillahi azza va jalla valhamdu lillahi val kibriyau val 
‘azomatu lillahi val xolqu val`amru val laylu van naharu va ma sakana fiyhima lillahi 
ta’ala, Allohummaj’al avvala hazan nahari solahan va avsatahu najahan va axirohu 
falahan ya arhamarrohimiyn», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Biz ham, butun borliq ham 
Allohniki bo’lgan holda tong ottirdik. Hamd, kibr, ulug’lik, yaratish, buyurish, kechasi va 
kunduzi hamda ular orasida turadigan narsalarning barchasi Alloh uchundir. Allohim, bu 
kunning avvalini isloh, o’rtasini najot, oxirini yutuq qil, ey rahm qiluvchilarning 
Rahmlisi.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
193/24. Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Tong otganida kim uch marta:
«A’uzu billahis samiy’ul ‘aliym minash shaytonir rojiym», deb Hashr surasidan uch oyat 
o’qisa, Alloh taolo unga kech kirgunicha salovot aytib turadigan yetmish ming farishtani 
vakil qilib qo’yadi. Agar vafot etsa, shahid ketadi». (Ma’nosi: Eshituvchi va biluvchi 
Allohning nomi ila la’natlangan shaytondan panoh tilayman.) Termiziy va Ibn Sunniy zaif 
isnod bilan rivoyat qilishgan.
194/25. Muhammad ibn Ibrohim otalaridan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam bizni bir sariyyaga (o’zlari ishtirok etmagan urush) yuboraturib, tongda va kech 
kirganida:
«Afahasibtum annama xolaqnakum ‘abasan» 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin