Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
59
butun maxluqotlar guvohlik bergan narsalarga guvohlik beraman. Albatta,
Sen Allohsan,
Sendan boshqa iloh yo’q. Sen odillik bilan turuvchi zotsan. Aziz va hakim sifatli Zotdan
boshqa iloh yo’q. Farishtalaring va ilm egalari shahodatlaridan keyin mening
shahodatimni ham yoz. Ey Rabbim, Sen salom sifatli Zotsan. Salom Sendandir.
Salom
Senga qaytajakdir. Ey ulug’ va hurmatli Zot, Sendan duolarimizning ijobat bo’lishini,
rag’batlarimizning hosil bo’lishini va maxluqlaringning behojatlari qatori bizlarni ham
behojat qilishingini so’rayman. Ey Rabbim, ishlarimning poklaguvchisi bo’lgan dinimni
isloh qil, yashashim unda bo’lgan dunyoimni isloh qil va qaytishim unga bo’ladigan
oxiratimni ham isloh qil.) Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.
208/2. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot quyosh
chiqishini kuzatishga
bir kishini tayinlar edilar. Ana shu kishi quyosh chiqqanining xabarini bersa:
«Alhamdu lillahillaziy vahaba lana hazal yavma va aqolana fiyhi min asarotina», deb
aytardilar. (Ma’nosi: Bizga bu kunni bergan va xatolarimizni afv etgan Allohga hamdlar
bo’lsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Dostları ilə paylaş: