«Quyosh og’ganida va kechqurun Rabbingizga hamd aytish ila (Uni) poklang» (G‘ofir surasi, 55-oyat);
«Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo’rqib, dildan ertayu kech yod eting» (A’rof surasi, 205-oyat);
«U (masjidlarda) ertayu kech U zotni poklab yod etadigan kishilar bordirki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr qilishdan to’sa olmas» (Nur surasi,
36-oyat).
211/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Asr
namozidan to quyosh botgunigacha Allohni zikr qiluvchi bir qavm bilan o’tirishim Ismoil
alayhissalom zurriyotlaridan saksonta qulni ozod qilishdan mahbubroqdir», dedilar. Ibn
Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.
57-bob. Shom azonini eshitganda aytiladigan duo 212/1. Ummu Salama (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alay-hissalom menga shomga azon
aytilganida,
«Allohumma haza iqbalu laylika va idbaru naharika va asvatu du’atika fag’firliy», deb
aytishni o’rgatdilar». (Ma’nosi: Allohim, bu (shom azoni) kechangning kelishi,
kunduzingning ketishi, Senga duo qiluvchilarning ovozidir. Bas, Mening gunohlarimni
kechir.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
58-bob. Shom namozidan keyin aytiladigan duolar 213/1. Ummu Salama onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam shom namozidan forig’ bo’lsalar, uylariga kirib, ikki rak’at namoz o’qir, so’ngra:
«Ya muqollibal qulubi val`absor, sabbit qulubana ‘ala diynik», deb duo qilardilar.
(Ma’nosi: Ey qalb va ko’zlarni o’zgartiruvchi Zot, qalbimizni diningda sobit qil.) Ibn
Sunniy rivoyatlari
214/2. Ammora ibn Shubayldan (rahmatullohi alayh) rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Kim shom namozidan keyin o’n marta
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu yuhyiy va
yumiytu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», desa, Alloh taolo unga qo’riqchilarni
yuboradi. U qo’riqchilar uni subhgacha kafillikka oladilar va Alloh unga o’nta yaxshilik
yozadi, o’nta yomonlikni o’chiradi, unga o’nta mo’min qul ozod qilganning savobini
beradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari