www.ziyouz.com kutubxonasi
61
59-bob. Vitr namozida o’qiladigan va undan keyin aytiladigan narsalar 215/1. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vitr
namozida salom bersalar:
«Subhanal malikil quddus», deb aytar edilar. Abu Dovud rivoyatlari
Nasoiy va Ibn Sunniyning rivoyatlarida «Subhanal malikil quddus»ni uch marta aytishlari
rivoyat qilingan. (Ma’nosi: Malik va quddus sifatli Alloh pokdir.)
216/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vitrlarining
oxirida:
«Allohumma inniy a’uzu birizoka min saxotika va a’uzu bimu’afatika min ‘uqubatika va
a’uzu bika la uxsiy sana`an ‘alayka anta kama asnayta ‘ala nafsik», deb aytardilar.
(Ma’nosi: Allohim, Sening roziliging ila g’azabingdan panoh tilayman, ofiyating ila
uqubatingdan panoh tilayman, Senga sano ayta olmaslikdan panoh tilayman. Sen
o’zingga sano aytganingdeksan.) Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari
Uch rak’atli vitr namozini o’qiyotgan kishi avvalgi rak’atda «Fotiha» surasidan keyin
«Sabbihisma robbikal a’la» surasini, ikkinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun» surasini,
uchinchi rak’atda esa, «Qul huvallohu ahad», yoki Falaq va Nos suralarini o’qish sunnat
amaldir. Agar «Sabbihisma robbikal a’la» ni avvalgi rak’atda o’qishni unutsa, ikkinchi
rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun» bilan birga qo’shib o’qiydi. Agar ikkinchi rak’atda «Qul
ya ayyuhal kafirun» ni o’qishni unutsa, uchinchi rak’atda «Qul huvallohu ahad» yoki
Falaq va Nos suralariga qo’shib o’qiydi.
60-bob. Uxlash uchun to’shakka yotganda aytiladigan zikrlar Alloh taolo Oli Imron surasini 190-oyatida:
«Albatta, osmonlar va yerning yaratilishida, kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun oyat- alomatlar bordir. Ular turganlarida ham, o’tirganlarida ham, yotganlarida ham