Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
62
Ali (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganimdan beri ularni aytishni
tark qilganim yo’q», degan edilar, «Siffin kechasida ham tark qilmadingizmi?» deb
so’rashdi. «Yo’q», dedilar Ali (r.a.).
219/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kishi to’shakka yotayotganida ko’rpa va izorini qoqib tashlasin. Chunki uning orasida
nima borligini bilmaydi. So’ng:
«Bismika robbiy vazo’tu jambiy va bika arfa’uhu, in amsakta nafsiy farhamha va in
arsaltaha fahfazha bima tahfazu bihi ‘ibadakas solihiyn», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi:
Ey Rabbim, Sening isming bilan yotdim va Sening isming bilan turaman.
Agar mening
ruhimni olsang, unga rahm qil. Agar uni qo’yib yuborsang, xuddi solih bandalaringni
saqlaganingdek, uni ham hifzu himoyangga ol.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
220/4. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga
yotsalar, qo’llariga suflab, ikkita «Qul a’uzu»ni o’qir, so’ng tanalariga surtar edilar».
Buxoriy va Muslim rivoyatlari
221/5. Yana Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam agar
ko’rpalariga kirsalar, ikki kaftlarini jamlab turib, unga «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu
birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbinnas»ni o’qib, qo’llari yetgan joylarigacha surtar
edilar. U ikki kaftlarini boshlari, yuzlari va jasadlarining
old tomonidan boshlab uch
martadan bajarardilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari
222/6. Abu Mas’ud Ansoriy Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Baqara surasining oxirida ikki oyat borki, kim ularni kechasi o’qisa, o’sha
kecha ofatlardan unga kifoya qiladi», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
223/7. Barro ibn Ozib (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom menga: «Agar
to’shagingga kelsang, namozga tahorat
qilganingdek tahorat qil, so’ng o’ng tomoningga
yonboshlab:
«Allohumma aslamtu nafsiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja`tu zohriy ilayk,
rog’batan va rohbatan ilayk, la malja`a va la manja minka illa ilayk, amantu
bikitabikallaziy anzalta va nabiyyikallaziy arsalta fain mitta mitta ‘alal fitroh», deb ayt.
Yotishdan oldin oxirgi aytadiganing shu bo’lsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, nafsimni
Senga taslim etdim. Ishimni Senga topshirdim. Sening ne’matingga rag’bat qilib,
g’azabingdan qo’rqib, Senga suyandim.
Sendan boshqa qochadiganim ham, najot
topadiganim ham yo’q. Nozil qilgan kitoblaringga va yuborgan payg’ambarlaringga
iymon keltirdim. Jonimni oladigan bo’lsang, islom fitratida ol.) Buxoriy va Muslim
rivoyatlari
224/8. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni
ramazon zakotiga qo’riqchi qildilar. Shunda bir kishi kelib,
taomdan hovuchlab ola
boshladi. Men uni ushlab: «Allohga qasamki, seni Rasululloh huzurlariga olib boraman»,
dedim. U : «Bolalarim ko’p, juda muhtojman», deb aytgan edi, qo’yib yubordim. Tong
ottirganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Hurayra, kechagi asiring
nima qildi?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, ehtiyoji juda qattiqligini va bolalari ko’pligini
aytgan edi,
unga rahm qilib, qo’yib yubordim», dedim. Rasululloh: «U senga yolg’on